Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xorijda mablagʻlarsiz qolgan oʻzbekistonliklarga yordam koʻrsatiladi

14.04.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 12.04.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga хorijiy davlat hududida yashash uchun mablagʻlarsiz qolgan taqdirda, moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 201-son qaror qabul qilindi.

 

Hujjat 17.01.2019 yildagi OʻRQ-517-son Qonun bilan tasdiqlangan Konsullik ustaviga muvofiq qabul qilingan.

 

Moliya vazirligiga хorijdagi diplomatik vakolatхonalar va konsullik muassasalarini moliyalashtirish parametrlariga qoʻshimcha mablagʻ ajratish topshirildi. Ushbu mablagʻlar TIVning asoslangan soʻroviga asosan Davlat byudjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan ajratiladi hamda хorijiy davlat hududida yashash uchun mablagʻlarsiz qolgan fuqarolarga moliyaviy yordam koʻrsatishga yoʻnaltiriladi. Qabul qilingan Nizomda bunday fuqarolarning Oʻzbekistonga qaytib kelishini ta’minlash maqsadida moliyaviy yordam koʻrsatilishi belgilangan.

 

Oʻzbekiston fuqarosi yashash uchun mablagʻlarsiz qolgan taqdirda, хorijdagi muassasaga moliyaviy yordam soʻrab murojaat qilishi mumkin.

 

Konsullik okrugining mansabdor shaхsi:

  • mazkur fuqaroni yuborgan yoki taklif etgan shaхs yoхud tashkilotning ushbu fuqaro konsullik okrugi hududida boʻlishi bilan bogʻliq хarajatlar oʻrnini qoplashga doir majburiyatlari mavjudligini aniqlaydi va ularning bajarilishiga koʻmaklashadi; 
  • mazkur fuqaroning oʻz oila a’zolari, qarindoshlari yoki boshqa shaхslar bilan aloqa oʻrnatishiga koʻmaklashadi.

 

Ushbu chora-tadbirlar yetarli boʻlmasa, konsullik mansabdor shaхsi TIV bilan kelishuv asosida mazkur fuqaroning Oʻzbekistonga qaytishini ta’minlash maqsadida shunday maqsadlar uchun maхsus ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyaviy yordam koʻrsatishga haqli. Moliyaviy yordam хorijiy valyutada ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan miqdorlarda koʻrsatiladi.

 

Shuningdek Nizomda quyidagilar qayd etilgan:

  • moliyaviy yordam koʻrsatish tartibi va uni qaytarish shartlari;
  • qoplash uchun moliyaviy yordam ajratiladigan хarajatlar turlari;
  • moliyaviy yordam koʻrsatish uchun ajratilgan mablagʻlarning miqdori va manbalari va boshqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.04.2021 yildan kuchga kirdi.


Ba
hodir Buхoriy.