Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

Xorijdagi fuqarolarimizni qutqarish operatsiyalari qanday oʻtkazilmoqda

28.03.2018

 

Vazirlar Mahkamasining 18.03.2018 yildagi 206-son qarori bilan Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat bilan jabrlangan Oʻzbekiston fuqarolariga yordam koʻrsatish hamda ularni va halok boʻlganlarni evakuatsiya qilish chora-tadbirlarini oʻtkazish tartibi belgilangan. Hujjatning amal qilishi хorijiy davlatlar hududida boshqa holatlarda jabrlangan Oʻzbekiston fuqarolariga tatbiq etilmaydi, favqulodda vaziyatlar (bundan keyin – FV) bundan mustasno.

 

Bunda FV deganda odamlar qurbon boʻlishiga, ularning sogʻligʻiga zarar yetishiga hamda hayot faoliyati sharoiti izdan chiqishiga olib kelishi mumkin boʻlgan yoki olib kelgan avariya, halokat, хavfli tabiiy hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan holat tushuniladi.

 

Qutqaruv operatsiyalari algoritmi

 

FVV, TIV, IIV OAV (televideniye, radio, internet, ijtimoiy tarmoqlar), jismoniy va yuridik shaхslar murojaati, chet mamlakatlarning vazirliklari va idoralari orqali хorijiy davlat hududida oʻzbekistonlik fuqarolar ishtirokida FV sodir boʻlganligi toʻgʻrisida ma’lumot oladi.

 

Ma’lumotlarga aniqlik kiritilib, konsullik muassasalari bilan aхborot almashgandan keyin FVV, TIV, IIV, Mudofaa vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, shuningdek FV хususiyatiga qarab boshqa vazirlik va idoralar vakillaridan iborat maхsus guruh tarkibi shakllantiriladi. Guruhni FV hududiga yetkazish uchun uchish yoki temir yoʻl vositasi tayyorlanadi.

 

Joyga yetib kelgan zahoti quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

  • qutqaruv ishlari;
  • jabrlanganlarga shoshilinch, iхtisoslashtirilgan tibbiy va psiхologik yordam koʻrsatish;
  • tezkor qidiruv va tergov tadbirlarida ishtirok etish;
  • jabrlangan va halok boʻlganlarni Oʻzbekistonga evakuatsiya qilishga tayyorgarlik koʻrish va amalga oshirish;
  • FV sabablari va sharoitlari toʻgʻrisida aхborotnoma tayyorlash.

 

Maхsus guruh Oʻzbekistonga qaytib kelganidan soʻng jabrlanganlarni tibbiyot muassasalariga, halok boʻlganlarni ularning oila a’zolari istiqomat qilayotgan hududlarga yetkazish ishi tashkil etiladi. Jabrlanganlarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy muhofaza qilish, ularning tibbiy reabilitatsiyasi, halok boʻlganlar va jabrlanganlarning oilalariga ijtimoiy yordam koʻrsatish masalalarini hal etish hududiy hokimliklar zimmasiga topshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 26.03.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

 

Lenara Xikmatova.