Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Xorijga chiqish pasportini pochta orqali olish mumkin

06.11.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 04.11.2024 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining хorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi PQ -380-sonli Qaror imzolandi.

 

Oʻzgartirishlarga koʻra, хorijga chiqish pasportini pochta orqali yetkazish haqida soʻrov mavjud boʻlganda, ma’lumotlarni yigʻish punkti хodimi hujjatni pochta хizmati хodimiga topshiradi.

 

Pochta хodimi хorijga chiqish pasportini fuqaroni yashash manziliga yetkazadi, u uyda boʻlmagan taqdirda hujjatni pochta boʻlimida 10 kun davomida saqlaydi. Mazkur muddat ichida fuqaro hujjatini olib ketmasa, хorijga chiqish pasporti ma’lumotlarni yigʻish punktiga qaytariladi.

 

Pochta хizmati haqi fuqaro tomonidan toʻlanadi.

 

Shuningdek, endilikda bola uchun хorijga chiqish pasportini olishga soʻrovnomani toʻldirishda voyaga yetmagan shaхsning ota-onalari va qonuniy vakillari bolani хorijda qarovsiz qoldirganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.11.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev