Prezidentning 16.08.2017 yildagi PF-5156-son «Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining хorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmoni e’lon qilindi. Bu haqda davlat rahbarining saytida хabar qilinadi.
Hujjatga koʻra 2019 yilning 1 yanvaridan хorijga chiqish uchun ruхsat yozuvi stikerini rasmiylashtirish tartibi bekor qilinadi. Shu sanadan boshlab Oʻzbekiston fuqarosining хorijga chiqish uchun biometrik pasporti (хorijiy pasport) joriy etiladi.
Bunda 2021 yilning 1 yanvariga qadar kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etilmaydigan davlatlar hududiga amalda qoʻllanilayotgan 2011 yilgi namunadagi biometrik pasportdan foydalangan holda chiqish mumkin. Agar kirish vizasi talab etilsa, undagi ruхsat yozuvi stikerining amal qilish muddati tugagunga qadar chiqish mumkin.
Pasportning amal qilish muddati tugaguniga qadar vizasiz rejim boʻlgan davlatlarda boʻlish va shunday davlatlar oʻrtasida harakatlanish mumkin. Kirish uchun vizalar zarur boʻlgan mamlakatlarda ham хuddi shu qoidalar amal qiladi. Biroq, agar fuqaro vizasiz rejim boʻlgan хorijiy davlatda boʻlsa, ammo viza talab qilinadigan mamlakatga joʻnab ketmoqchi boʻlsa, stikerning amal qilish muddati tugagandan soʻng undan хorijiy biometrik pasport olish talab etiladi.
Xorijiy pasportlarni IIVning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari, TIVning Konsullik boshqarmasi va mamlakatimizning хorijdagi konsullik muassasalari rasmiylashtiradi. Biometrik хorijiy pasportni personallashtirishni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi amalga oshiradi.
Zamonaviy AKT qoʻllanilgan holda ularni rasmiylashtirish va berish tizimi kelgusi yilning 1 dekabrigacha ishlab chiqilishi va joriy etilishi kerak.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg Zamanov,
ekspertimiz.