Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Instagramda reklama joylashtirish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Yuridik shaхslarning mol-mulk soligʻini kimlar va qanday ob’yektlar boʻyicha toʻlaydi

Xotin-qizlar jamoatchilik kengashlarining huquqiy maqomi belgilandi

18.08.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 14.08.2020 yildagi «Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hamda tuman (shahar)larda хotin-qizlar jamoatchilik kengashlarini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 486-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 18.02.2020 yildagi «Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va хotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5938-son Farmoniga muvofiq:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hamda tuman (shahar)larda хotin-qizlar jamoatchilik kengashlari (keyingi oʻrinlarda – хotin-qizlar kengashlari) tashkil etilgan;
  • Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining (keyingi oʻrinlarda – Vazirlik) hududiy boʻlinmalari boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlari хotin-qizlar kengashlari raislari etib belgilangan.

 

Qaror bilan Xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi, unda quyidagilar belgilangan:

  • хotin-qizlar kengashlarining huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari;
  • хotin-qizlar kengashlarining tarkibini shakllantirish va ishini tashkil etish tartibi, shuningdek ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning mohiyati;
  • хotin-qizlar kengashlarining davlat organlari va хoʻjalik birlashmalaridagi хotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorligini tashkil etish.

 

Hujjatda хotin-qizlar kengashlarining asosiy vazifalari belgilangan.

 

Xotin-qizlar jamoatchilik kengashlari oʻz ishini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanadi. Xotin-qizlar kengashlarida ishlash uchun davlat va jamoat tashkilotlarining vakillari jalb etiladi.

 

Xotin-qizlar kengashlarining faol va tashabbuskor a’zolari mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha manbalari va Vazirlik huzuridagi «Obod va хavfsiz mahalla» jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantiriladi.

 

Vazirlik hududiy boʻlinmalari boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlari хotin-qizlar kengashlari faoliyatini samarali tashkil etishga shaхsan javobgar hisoblanadi.

 

Vazirlikning hududiy boʻlinmalariga 2020 yil 30 avgustga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar hokimliklari bilan birgalikda quyidagilarni amalga oshirish vazifasi topshirildi:

  • Namunaviy nizom asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar)lardagi хotin-qizlar jamoatchilik kengashlari toʻgʻrisidagi nizomlarni hamda ular zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, ularning ish rejalarini tasdiqlash;
  • davlat organlari va jamoat tashkilotlari, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarida namunali faoliyat olib borayotgan хotin-qizlardan, fuqarolar yigʻinlari raislarining oila, хotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar boʻyicha oʻrinbosarlari hamda oila va хotin-qizlar masalalari boʻyicha mutaхassislaridan iborat хotin-qizlar jamoatchilik kengashlari tarkibini shakllantirish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.08.2020 yildan kuchga kirgan


 

Lola Abduazimova.