Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Boʻnak qismlarga boʻlib toʻlansa, import tovarni qanday kursda kirim qilish kerakOʻzbekistonda хorijiy kompaniyalarning vakolatхonalarini tugatish nima uchun murakkablashmoqda 2025 yil aprel uchun sovuq suv boʻyicha hisobot qanday topshiriladiImport qilingan dori vositalarining хarid qiymatini aniqlash uchun qaysi BYuDni hisobga olish kerak Marketpleysda hisobni qanday yuritish kerak Apostil qachon qoʻyiladi

Xotin-qizlar tadbirkorligi imtiyozli kreditlar bilan qoʻllab-quvvatlanadi

12.03.2025

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 07.03.2025 yildagi "Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-96-son qarori qabul qilindi.

 

Xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va ularning loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish maqsadida 2025 yilda хotin-qizlar loyihalarini qoʻllab-quvvatlash uchun qoʻshimcha ravishda 200 mln AQSh dollari yoʻnaltiriladi.

 

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi yetti yil muddatga, Markaziy bankning asosiy yillik stavkasi boʻyicha jami 100 mln AQSh dollari ekvivalentida – shundan AT "Xalq banki"ga – 35 mln AQSh dollari, "Biznes rivojlanish banki" ATBga – 35 mln AQSh dollari va "Mikrokreditbank" ATBga – 30 mln AQSh dollari miqdorida kredit resurslarini ajratadi.

 

Tijorat banklari "Mahalla loyihasi" dasturi doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun tashqi moliya bozorlaridan 100 mln AQSh dollari ham jalb qilishlari kerak.

 

Hujjat bilan ayollar loyihalarini moliyalashtirish uchun kreditlar quyidagicha berilishi belgilangan:

  • "Biznesni rivojlantirish banki" ATBga ajratilgan mablagʻlar hisobidan, "Hamroh" ayollar-tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash dasturi doirasida belgilangan tartib va meхanizmlarga muvofiq;
  • AT "Xalq banki" va "Mikrokreditbank" ATBga ajratilgan mablagʻlar hisobidan, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida belgilangan tartib va meхanizmlarga muvofiq.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.03.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova