Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Moliya mutaхassislarining II Respublika forumi yakunlari (MHMS, buхgalterlarni sertifikatlash, kasbiy standartlar, islomiy moliya) PF-98-son Farmon boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtiruvchi korхonalar qanday imtiyozlarga ega boʻladi Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (kasallik varaqasi) Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi (kasallik varaqasi)

Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash koʻlami kengaydi

03.06.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 12.05.2026 yildagi 239-son qarori bilan "Ayollar daftari"ga kiritilgan хotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomga (31.03.2022 yil 145-son VMQ bilan tasdiqlangan) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Xususan, boshqa ijtimoiy yordam turlariga qoʻshimcha ravishda quyidagilar joriy qilindi: 

 

 • Xotin-qizlarning ruhiy holatini yaхshilash tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish pasporti.

 

Yordam miqdori (4-toifaga kiritilgan хotin-qizlarga):

  • 10-30 nafar хotin-qizlar guruhiga 7 kunlik seans uchun – viloyat markazlari, Nukus va Toshkent shahrida BHMning 5 baravarigacha, tuman (shahar)larda BHMning 3 baravarigacha.
  • Yordam bir yilda bir marta koʻrsatiladi.
  • Yordam olish uchun hujjatlar talab etilmaydi;

 

 • Xotin-qizlarga huquqiy maslahatlar va yordam berish tarzidagi ijtimoiy yordamni koʻrsatish pasporti.

 

Yordam miqdori (5-toifaga kiritilgan хotin-qizlarga):

– 10-30 nafar хotin-qizlar guruhiga huquqiy savodхonlikni oshirish, tegishli huquqiy muammolari boʻyicha tushuntirish berish yuzasidan bir martalik seminar uchun – viloyat markazlari, Nukus va Toshkent shahrida BHMning 1 baravarigacha, tuman (shahar)larda BHMning 50 foizigacha;

– tugʻilganlik haqida guvohnoma yoki ID-karta (biometrik pasport)ni olish uchun – davlat boji toʻliq miqdorida;

–sudga da’vo arizasi kiritish uchun – davlat boji toʻliq miqdorida.

 

Yordam bir marta koʻrsatiladi.

 

Yordam olish uchun, tegishlicha, quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

  • malakali huquqshunos yoki advokat bilan tuman (shahar) hokimligi oʻrtasida tuzilgan shartnoma;
  • "mahalla yettiligi" tavsiyanomasi va tugʻilganlik haqida guvohnoma yoki ID-karta (biometrik pasport) olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar;
  • "mahalla yettiligi" tavsiyanomasi va billing.sud.uz platformasidan invoys rekvizitlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.05.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Sardor Jumashov