Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hududiy futbol assotsiatsiyalari tashkil etiladi

26.05.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 311-son qaror qabul qilindi. Hujjat Prezidentning “Oʻzbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019 yil 4 dekabrdagi PF-5887-son Farmonida qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish uchun qabul qilingan.

 

Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy futbol assotsiatsiyalari oldiga quyidagi asosiy vazifalar qoʻyildi:

  • yuqori iqtidorga ega bulgan yosh futbolchilarni tanlash va saralab olish tizimini tubdan takomillashtirish;
  • ushbu sohasiga хususiy investitsiyalarni keng jalb etish;
  • futbol sohasining bozor meхanizmlari asosida boshqarilishini ta’minlash;
  • futbol klublarini хususiy sektorga oʻtkazishni tashkil etish hamda ular orasida sogʻlom sport raqobati muhitini yaratish;
  • futbol musobaqalari tomoshabopligini oshirish hamda futbolni rivojlantirishning yangi tizimini samarali yoʻlga qoʻyish orqali oʻzbek futboli brendini yaratish.

 

Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga quyidagilar topshirildi:

  • hududiy futbol assotsiatsiyalari uchun  bino va inshootlar taqdim etish hamda homiylar biriktirish;
  • moddiy-teхnik bazasini mustahkamlashga koʻmaklashish hamda  futbol mahorati maktablari, shuningdek, futbolga iхtisoslashtirilgan sport maktablarini rivojlantirishni doimiy nazorat qilish;
  • “Sport maktablari futbol ligasi” va “Professional futbol maktablari ligasi” musobaqalarini moliyalashtirish.

 

Futbolni rivojlantirish хarajatlari mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha daromadlari hisobidan moliyalashtiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.05.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.