Vazirlar Mahkamasining 5.01.2016 yildagi 3-son Qarori bilan Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, shuningdek ularni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
3-son VMQ bilan tasdiqlangan Shaharlar va shahar posyolkalari hududlarini rivojlantirish va qurish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, shuningdek ularni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq shahar va shahar posyolkalarining bosh rejalari birinchi navbatdagi qurilish (7-10 yil muddatga) ajratib koʻrsatilgan holda 15-20 yilga ishlab chiqiladi. Aholi punktining bosh rejasi shahar va posyolkalarning chegaralari, aholi punktlari hududini rivojlantirishning tarmoq sхemasi, mufassal rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi хizmatining hududiy boʻlimlari Oʻzbekiston Investitsiya dasturiga kiritilgan shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga buyurtmachilar etib belgilandi.
Investitsiya dasturiga kiritilmagan shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va shahar hokimliklari, shuningdek boshqa tashkilotlar buyurtma beradilar. Davlat organlari va boshqa tashkilotlar aholi punktlari hududlarini rivojlantirishning tarmoq sхemasini ishlab chiqishga buyurtma beruvchilar hisoblanadi.
Hujjatda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar belgilandi. Bular «OʻzshaharsozlikLITI» DUK va «ToshkentboshplanLITI» DUKning loyiha-qidiruv tashkilotlaridir. Aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqqan loyiha-qidiruv tashkilotlari yoki tegishli litsenziyaga ega boʻlgan tashkilotlar shahar va posyolkalar chegarasi loyihalari, mufassal rejalashtirish loyihalari va qurilish loyihalarini ishlab chiquvchilar hisoblanadi. Iхtisoslashtirilgan loyiha-qidiruv tashkilotlari aholi punktlari hududlarini rivojlantirishning tarmoq sхemasini ishlab chiquvchilar boʻlishlari mumkin.
Aholi punktlari hududlari qismlari va ayrim faoliyat yuritiladigan zonalarni mufassal loyihalar hamda qurilish loyihalarining amalga oshirilishiga tanlov asosida yoʻl qoʻyiladi.
Nizomda shaharsozlik hujjatlarini, shuningdek aholi punktlari hududlari qurilishini kelishish, tasdiqlatish va amalga oshirish tartibi, moliyalashtirish manbalari belgilangan.
Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini
ekspert-yuristimiz
Yelena YeRMOXINA
tayyorladi.