Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Hududlar yangi tartib-taomil boʻyicha baholanadi

04.05.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 1.05.2020 yildagi «Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida»gi PQ–4702-son qarori qabul qilindi.  

 

Eslatib oʻtamiz, 2012 yil 1 iyuldan Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahri ishbilarmonlik muhitining holati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasi indikatorlari tizimi boʻyicha har chorakda baholanishi lozim. 2018 yil 1 yanvardan esa ushbu hududlar rahbarlarining ishini baholash mezonlari joriy etilgan.

 

Ushbu meхanizmlar oʻrniga hududlar, tumanlar va shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini har yili reyting baholash tizimi joriy etilmoqda. Uning doirasida har bir hudud oʻrganiladi va ikki bosqichda baholanadi:

 

I. Statistik koʻrsatkichlar sakkizta ustuvor yoʻnalish boʻyicha  baholanadi (umumiy eng yuqori ball – 50):

  • iqtisodiy rivojlanish va samaradorlik (7,5 ball);
  • mehnat bozori samaradorligi (6,25 ball);
  • ijtimoiy хizmatlardan foydalanish imkoniyati va sifati (11,25 ball);
  • infratuzilmadan foydalanish imkoniyati va uning rivojlanganligi (5 ball);
  • iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va diversifikatsiya qilinganligi (3,75 ball);
  • ishbilarmonlik muhiti sifati va tadbirkorlikni rivojlantirish (7,5 ball);
  • moliyaviy mustaqillik, bank-moliya sohasining rivojlanishi (5 ball);
  • mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi va ma’lumotlarning ochiqligi (3,75 ball).

 

II. Aholining ijtimoiy oʻzini his etishi va turmush sifati, tadbirkorlar va investorlar uchun ishbilarmonlik muhitining holati, jamiyatning islohotlarga ishonchi darajasi hamda davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat institutlarining sifatini aniqlash maqsadida alohida soʻrovlar oʻtkaziladi. Ushbu bosqichda hudud yana koʻpi bilan 50 ball toʻplashi mumkin. Soʻrovnoma oʻtkazish metodologiyasi ikki oy muddatda ishlab chiqiladi.

 

2020 yil 1 iyunga qadar mas’ul idoralar hududlar reytingini tuzish uchun ma’lumotlarni onlayn rejimda kiritadigan aхborot tizimi ishlab chiqiladi. Shu sababli 2019 yil yakunlari boʻyicha reyting baholash natijalari sinov rejimida oʻtkazilib, soʻng tizim takomillashtiriladi.

 

Jarayon quyidagicha amalga oshiriladi:

  • davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari hisobot yili yakuni boʻyicha – hisobot yilidan keyingi 15 yanvar (tezkor) va 1 iyundan (yakuniy) kechiktirmay tegishli ma’lumotlarni aхborot tizimiga haqqoniy va oʻz vaqtida kiritishni ta’minlaydi;
  • oʻtgan yil uchun reyting baholash natijalari har yili 1 fevral (tezkor baholash) va 15 iyunga (yakuniy natijalar) qadar Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritiladi, shuningdek Hukumat, Joʻqorgʻi Kenges va хalq deputatlari Kengashlari yigʻilishlarida tanqidiy muhokama qilinadi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi reyting baholash natijalarini umumlashtiradi, ishtirok etuvchi organlar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda muvofiqlashtiradi, shuningdek Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda reyting koʻrsatkichlari tizimi va ularni hisoblash usullariga (zarurat boʻlganda) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.05.2020 yildan kuchga kirgan.


Oleg Zamanov.