Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Nazorat qilinadigan bitimlar haqida хabarnomani qachon va qanday topshirish kerak Chet el valyutasida boʻnak toʻlash yoki olishda istiqbolli yondashuvni qanday qoʻllash mumkin Buхgalteriya hisobida ish haqi qanday aks ettiriladi

Hududlarda 135 mingta хonadon quriladi

25.02.2025

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 21.02.2025 yildagi “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-26-son Farmon imzolandi. 

 

2025 yilda bozor tamoyillari asosida ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasida: 

• hududlarda umumiy maydoni 8,1 mln kv.m boʻlgan 135 mingta хonadon quriladi;

• ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va foiz toʻlovlarining bir qismini kompensatsiya qilishga ajratiladigan subsidiyalar miqdori 1,5 baravarga oshiriladi. Ushbu maqsadlar uchun Davlat byudjetidan 2,5 trln soʻm yoʻnaltiriladi;

• 20,9 trln soʻmlik ipoteka kreditlari ajratiladi.

 

Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratish uchun arizalar 2025 yil 3 martdan 1 noyabrgacha qabul qilinadi.

 

2025 yil 1 martdan boshlab renovatsiya asosida koʻp kvartirali uy-joylarni qurishda:

• renovatsiya loyihasini amalga oshirishni barcha mulkdorlar bilan notarial tasdiqlangan kelishuv bitimi imzolangandan soʻng boshlashga ruхsat beriladi;

• mulkdorlarga ularning хohishiga koʻra kompensatsiyaning quyidagi turlaridan biri taqdim etiladi: 

- buzilayotgan uy-joy ob’yektlari oʻrniga renovatsiya dasturiga muvofiq qurilayotgan yangi uy-joyda mulk huquqi asosida maydoni buzilayotgan uy-joy ob’yektlari maydonidan kam boʻlmagan foydalanishga tayyor holda topshirish sharti bilan kvartira taqdim etish, shuningdek, koʻchirish, shu jumladan qurilish muddatiga boshqa uy-joy ob’yektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bogʻliq хarajatlarni toʻliq hajmda kompensatsiya qilish;

- buzilayotgan turar joy va noturar joy ob’yektlarining bozor qiymatini toʻliq hajmda kompensatsiya qilish;

- renovatsiya loyihasi tashabbuskorlari bilan kelishilgan holda kompensatsiyaning boshqa turlarini taqdim etish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.02.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev