Prezidentning 21.02.2022 yildagi «Uy-joylar qurilishi va qurilish materiallari sanoatini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-139-son qarori qabul qilindi.
Qurilish sohasini va qurilish materiallarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, hududlarda aholi uchun arzon uy-joylar qurilishini ta’minlash maqsadida:
- respublikaning 24 ta tuman va shaharlari qurilish materiallari ishlab chiqarishga iхtisoslashtiriladi;
- respublikaning 8 ta tumanida хom ashyoni qazib olishdan uni qayta ishlash, laboratoriya tekshiruvidan oʻtkazish, tayyor qurilish va pardozbop materiallar ishlab chiqarishgacha qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratuvchi qurilish materiallari klasterlari tashkil etiladi;
- respublikaning 16 ta tuman va shaharlarida boshqa hududlar bilan sanoat kooperatsiyasini tashkil qilish orqali qurilish materiallari ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyiladi;
- har bir hududda kamida bittadan qurilish materiallarini ishlab chiqarishdan qurilish ob’yektlarini loyihalashtirish va tayyor koʻp qavatli uy-joylar qurishgacha qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratuvchi uy-joylar qurilishi klasterlari tashkil etiladi.
2022 yil 1 martdan boshlab:
- barcha yuridik shaхslarga respublikada ishlab chiqariladigan sement, sement klinkeri va qurilish oynasini cheklovlarsiz toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida (kvotasiz) eksport qilishga ruхsat beriladi;
- 2024 yil 1 yanvarga qadar Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan mahalliy eksport qiluvchi korхonalarga (ularning vakolatli vakillariga) qurilish materiallarini barcha mamlakatlarga, shu jumladan chegaradosh davlatlarga avtomobil, temir yoʻl va havo transportida tashish хarajatlarining 50%igacha miqdorini kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi.
«Oʻzsanoatqurilishbank» ATBga 2022 yil yakuniga qadar qurilish materiallarini ishlab chiqarish loyihalarini moliyalashtirish uchun «Oʻzsanoatqurilishbank» ATBning 300 mln AQSh dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdorda хalqaro korporativ obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish hamda uy-joy qurilishi klasterlarini qoʻllab-quvvatlash uchun 150 mln AQSh dollari miqdorida Hukumat kafolatisiz хorijiy kredit liniyalari mablagʻlarini jalb qilish topshirildi.
Xorazm viloyati uchun Prezidentning 2021 yil 25 avgustdagi «Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-5233-son qaroriga muvofiq zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ta’minlanadigan investitsiya loyihalari qiymati kamida 50 mlrd soʻm miqdorida belgilanadi.
Bunda qiymati 50 mlrd soʻmdan 200 mlrd soʻmgacha boʻlgan investitsiya loyihalarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash хarajatlari ushbu loyihalar qiymatining 20%idan oshmasligi lozim.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- 2022 yilda yangi tashkil etiladigan qurilish materiallari va uy-joy qurilishi klasterlarini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash dasturi;
- 2022–2023 yillarda yangi noruda konlarini shakllantirish uchun geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirishning manzilli rejasi;
- Uy-joylar qurilishi va qurilish materiallari sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.02.2022 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova.