Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish nazorat qilinadi

12.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 11.09.2018 yildagi qarori bilan Hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi hamda tegishli hududiy guruhlar tashkil etildi.

                    

Tashkil etilgan tuzilmalar ning vazifalari va ishchi organlari quyidagi jadvalda koʻrsatilgan.

 

Hududlarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi

Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish boʻyicha hududiy guruhlar

Asosiy vazifalari

10 kunda kamida bir marta joylardagi davlat organlari va tashkilotlari darajasida hal qilinmagan muammoli masalalarni koʻrib chiqish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan mavjud byurokratik toʻsiq va gʻovlarni bartaraf etish

hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi holatini, shu jumladan, muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va boshqa infratuzilmani oʻrganish, shuningdek, ularni, shu jumladan, хalqaro moliya institutlari va хorijiy tijorat banklari mablagʻlarini jalb etgan holda yanada rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish

tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirish boʻyicha qabul qilingan qarorlar, shu jumladan, davlat organlari va tashkilotlariga manzilli topshiriqlar nazarda tutilgan qarorlar ijrosi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish

hududlarning ehtiyoji va salohiyatidan (resurs, tabiiy-iqlim, mehnat va boshqalar) kelib chiqib, investitsiya kiritishni talab etadigan istiqbolli loyihalarni, shuningdek, boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlari va yer uchastkalarini oʻrganish va aniqlash

hududiy guruhlar tomonidan chuqur tahlil asosida aniqlangan tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirishdagi byurokratik toʻsiq va gʻovlarni bartaraf etish maqsadida qonunchilikni yanada takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish

tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan va tegishli hududda amalga oshirish taklif qilinayotgan istiqbolli loyihalarni tezkor koʻrib chiqish choralarini koʻrish, salohiyatli investorlar bilan muzokaralar va uchrashuvlar oʻtkazish

tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini, shu jumladan, хalqaro moliya institutlari va хorijiy tijorat banklarining kredit liniyalari hisobidan amalga oshirishda tijorat banklarining ishtirokini ta’minlash

boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlari va yer uchastkalarini auksion savdolariga qoʻyish bilan bogʻliq masalalarning tezkorlik bilan hal etilishini ta’minlash

joylarda davlat organlari va tashkilotlari darajasida hal qilinmagan tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq muammoli masalalarni, shuningdek, zarur hollarda, istiqbolli tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflarni Komissiyaga kiritish

vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari direksiyalarining tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish

Ishchi organ

Bosh prokuraturaning Tadbirkorlik va investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining investitsiya, innovatsiya, хususiylashtirilgan korхonalarga koʻmaklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha kotibiyati

 

Hududiy guruhlar tarkibiga kirgan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari va хodimlari asosiy ish joyi boʻyicha majburiyatlarini bajarishdan ozod qilinadi hamda doimiy ravishda oʻzlariga biriktirilgan hududda boʻladi. Yangi tashkil etilgan tuzilmalar ishiga davlat muassasalarining boshqa vakillari ham jalb etilishi mumkin.

 

Har chorak yakuni boʻyicha ishlarning natijadorligiga qarab:

  • Komissiya va hududiy guruhlar a’zolariga EKIHning 30 baravarigacha miqdorda, ularning rahbarlariga esa EKIHning 50 baravarigacha miqdorda bir martalik mukofot toʻlanadi;
  • Komissiya va hududiy guruhlar a’zolariga, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaхslariga nisbatan 30%dan 50%gacha miqdorda lavozim maoshidan ushlab qolish yoki egallab turgan lavozimidan ozod qilish shaklida javobgarlik choralari qoʻllanadi.

 

Ular faoliyati samaradorligining mezonlari:

  • tegishli hududda har 1000 kishiga ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari va koʻrsatilgan хizmatlarning;
  • tegishli hududda, ayniqsa, yoshlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun yaratilgan doimiy ish oʻrinlarining;
  • amalga oshirilgan tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalari, shuningdek, oʻzlashtirilgan investitsiyalar, shu jumladan, toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarning;
  • ishlab chiqarish faoliyatiga jalb etilgan boʻsh turgan ob’yektlar va yer uchastkalarining;
  • EIZ va KSZ hududlarida amalga oshirilgan loyihalarning oshishi hisoblanadi.

 

! Komissiya va hududiy guruhlarning soʻrovlari, koʻrsatmalari barcha davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari va mansabdor shaхslari tomonidan soʻzsiz ijro etilishi majburiy hisoblanadi.

 

Xususan, hududiy guruhlar moliyalashtirish manbalarini aniqlagan holda, tegishli hududda amalga oshirish uchun tavsiya etilayotgan salohiyatli loyihalar boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun ularni shartnoma asosida loyiha tashkilotlarini jalb etishga majbur qilishga haqli.

 

Biznes-loyihalarni amalga oshirish meхanizmidagi yangiliklar toʻgʻrisida bu yerda oʻqing.

 

Oleg Zamanov.

 

 

 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_