Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Hududlarning master-rejalari qaysi hollarda ishlab chiqiladi

23.08.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 12 avgustdagi 497-son qarori bilan Hududning master-rejasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash  toʻgʻrisidagi nizom qabul qilindi.

 

Prezidentning 11.09.2023 yildagi PQ-299-son qaroriga muvofiq shaharsozlik va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, hududlar qismlarining yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda hududiy va iqtisodiy rivojlanishini rejalashtirish hamda ularning iqtisodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun master-rejalarni ishlab chiqish tizimi joriy etilmoqda.

 

Master-rejalar yoki batafsil rejalashtirish loyihalari hududlarning aniq muammolarini bartaraf etishga qaratilgan shaharsozlik, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa loyihaviy yechimlarni oʻz ichiga oladi.

 

Hujjat bilan Hudud master-rejasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi:

  • hudud master-rejasini ishlab chiqishga qoʻyiladigan talablar;
  • master-rejani kelishish va tasdiqlash tartibi;
  • hudud master-rejasini moliyalashtirish manbalari.

 

Master-reja quyidagi hollarda ishlab chiqiladi:

  • hududning shaharsozlik hujjatlari mavjud boʻlmaganda;
  • hududning tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan yetarlicha foydalanilmaganda;
  • master-reja asosida boʻsh yer uchastkasi auksionga qoʻyilganda;
  • qishloq хoʻjaligi, shaharsozlik va хoʻjalik maqsadidagi yerlar toifasini oʻzgartirish boʻyicha takliflar tayyorlashda.

 

Batafsil rejalashtirish loyihasi, qurilish loyihasi va ushbu hududning dizayn-kodi bilan birga ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan master-reja shaharsozlik hujjati sifatida qabul qilinadi.

 

Shaharsozlik hujjati sifatida ishlab chiqilgan master-rejani tasdiqlash vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024 yil 22 avgustdan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova