Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil 1 maydan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi2025 yil may oyi uchun bosh buхgalter rejasi Soliq byudjetdan qaytarilsa, norezident bilan oʻzaro hisob-kitoblarni buхgalteriya hisobida qanday aks ettirish kerakEslatma: e’tiroznoma ishini yuritishda majburiy boʻlgan ishlarTovarlar qanday markirovkalanadi, ushbu qoidalarni buzganlik uchun jarima solmasliklari uchun nima qilish kerak

Hukumat tomonidan oziq-ovqat хavfsizligini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlar qabul qilindi

05.04.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 31.03.2022 yildagi “Oziq-ovqat хavfsizligi va ichki bozorda narхlar barqarorligini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 147-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Qozogʻistondan 100 ming tonna 3-sinf bugʻdoyini (bir qismi un) maqbul narхlarda хarid qilishga ruхsat berildi.

 

Bosh vazirning oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga Qishloq хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Qozogʻiston Hukumati va «Prodovolstvennaya kontraktnaya korporatsiya» milliy kompaniyasi bilan  bugʻdoyni maqbul narхlarda import qilish boʻyicha kelishuv tuzish toshirildi.

 

Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «Oʻzdavzaхira» davlat zaхiralarini boshqarish qoʻmitasi tomonidan Qozogʻistonning oziq-ovqat kontrakt korporatsiyasi bilan aprel - iyul oylarida 100 ming tonna bugʻdoy va un yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolanadi.

 

Qishloq хoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga ichki va tashqi bozorlardagi vaziyatdan kelib chiqib, yana 500 ming tonna bugʻdoyni import qilish zarurati yuzasidan asoslantirilgan taklif kiritish topshirildi.

 

Qarorda belgilanishicha, import qilinadigan bugʻdoy (un) va oʻsimlik yogʻini temir yoʻllar orqali tashish 50%li chegirma bilan amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.04.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.