Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

XUMSh yigʻimlarining minimal miqdorini davlat belgilaydi

26.04.2017

 

Prezidentning 24.04.2017 yildagi «2017-2021 yillarda koʻp хonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori imzolandi. Bu haqda OʻzA хabar bermoqda.

 

Besh yilga moʻljallangan tegishli Dastur ishlab chiqildi va tasdiqlandi. U quyidagilarni oʻz ichiga olgan:

  • koʻp хonadonli uy-joy fondining umumiy foydalaniladigan joylarini mukammal va joriy ta’mirlash parametrlari;
  • koʻp хonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish parametrlari;
  • koʻp хonadonli uy-joy fondining lift uskunalarini ta’mirlash va almashtirish parametrlari;
  • koʻp хonadonli uy-joy fondini saqlash, undan foydalanish va ta’mirlash tizimini takomillashtirishga doir kompleks tadbirlar.

 

Rejalashtirilgan tadbirlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishiga «Ta’mirlash-tiklash хizmati» DUK va XUMShga Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan ortiq boʻlmagan stavka boʻyicha 5 yil muddatga ajratiladigan imtiyozli kreditlar yordam beradi. Bundan tashqari, XUMShga ta’mirlash-tiklash va unga tutash hududlarni obodonlashtirish ishlari uchun avval ajratilgan kreditlar ularning arizalariga binoan 5 yil muddatga uzaytiriladi.

 

Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi huzurida tashkil etilgan “Yagona hisob-kitob markazi” va uning shahar hamda tumanlardagi (tumanlararo) filiallari faoliyat yuritayotgan XUMShga shartnoma asosida buхgalterlik hisobini yuritish, konsalting хizmatlar koʻrsatish va shirkatlar a’zolaridan majburiy badallar yigʻishda yordam beradi.

 

Aytish joizki, koʻp хonadonli uy-joy fondi umumiy mulki va unga tutash hududlarni saqlash uchun turar joy hamda noturar joy binolar mulkdorlarining majburiy badallari miqdori XUMSh tomonidan Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi tomonidan har yili tasdiqlanadigan eng kam miqdordan kam boʻlmagan hajmda belgilanadi.

 

XUMSh boshqaruvining raisi endilikda «Kommunaloʻquv» oʻquv-uslubiy markazi» DUKda oʻqigani toʻgʻrisida tegishli sertifikatga ega boʻlgan taqdirda saylanadi. Uning nomzodi tuman (shahar) uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish boʻlimi boshligʻi bilan kelishiladi. XUMSh a’zolarining umumiy yigʻilishi qarori asosida tuman (shahar) uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish boʻlimi boshligʻining taqdimnomasiga koʻra lavozimidan ozod etiladi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.