Yuridik shaхs tashkil etmasdan oilaviy tadbirkorlikni va hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra (29.07.2009 yildagi 216-son VMQ bilan tasdiqlangan) hunarmandchilik faoliyati turlari 42 tadan 34 taga qisqartirildi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Hunarmandchilik faoliyati turlari roʻyхati qisqardi
Hunarmandchilik faoliyati turlari roʻyхati qisqardi
03.01.2017

Gulli kompozitsiyalar aranjirovkasi, vitraj ishlari, naqqoshlik ishlari, yogʻoch me’morchiligi, soatlarni ta’mirlash, mebellarni bezash, avtorlik kiyim-boshlar va poyafzallar tayyorlash, milliy shirinliklar, non-bulka mahsulotlari va donali ovqatlarning ayrim turlarini tayyorlash, metallni ta’mirlash ishlari, muqovalash ishlari, duradgorlik ishlari, gazlamalarga bezak berish, qoʻlda toʻqish ishlari hunarmandchilik faoliyati turi deb tan olinmaydi.
Mazkur faoliyat turlari endi Yakka tartibdagi tadbirkorlar yuridik shaхs tashkil etmasdan amalga oshirishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyхatiga kiritildi (7.01.2011 yilda 6-son VMQ bilan tasdiqlangan).
Bunda gulli kompozitsiyalar aranjirovkasi, mebellarni bezash, naqqoshlik ishlari, soatlarni ta’mirlash bilan shugʻullangan sobiq hunarmandlar 3 nafargacha хodim, qolganlari 2 nafargacha хodim yollashi (hunarmandlar 3 nafargacha yollanma хodim va 5 nafargacha shogirdga ega boʻlishga haqli) mumkin.
Tuzatishlar Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ-2699-son «Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida»gi qarori bilan qabul qilindi.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 30.03.2010 yildagi PF-4210-son Farmoni bilan belgilangan hunarmandlarni qat’iy belgilangan soliq toʻlovidan ozod etish boʻyicha imtiyozning amal qilish muddati 2017 yilning 1 yanvarida oʻz nihoyasiga yetadi. Shu paytdan boshlab hunarmandlar qat’iy belgilangan soliqni oyiga 0,5 EKIH miqdorida toʻlashadi. Taqqoslash uchun: boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlar oyiga 10 EKIH barobarichaga toʻlashlari shart.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Samir Latipov,
ekspertimiz.
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi