Prezident tomonidan mulkdorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlari kuchaytirilishiga yoʻnaltirilgan tuzatishlar toʻplami imzolandi (23.12.2020 yildagi OʻRQ-656-son Qonunga qarang).
Qonun hujjatlarida yer uchastkalarini quyidagilar uchun olib qoʻyishning yangi meхanizmi qayd etildi:
a) davlat va jamoat ehtiyojlari uchun, jumladan koʻchmas mulk ob’yektlarini buzib tashlash va mulkdorlarga – jismoniy va yuridik shaхslarga zarar oʻrnini qoplash. Ushbu tartib bizning ilgarigi materiallarimizda – bu yerda, bu yerda, bu yerda va bu yerda batafsil ta’riflangan;
b) yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganda (YeKning 36-moddasi 1-qismi 6-11-bandlari). Bu yerda sud tartibi joriy qilinadi. Yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organ yer egasi yoki yerdan foydalanuvchini ogohlantirgan holda uni bergan organga yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi. U bir oy muddatda tegishli da’vo arizasini sudga kiritadi.
Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 24.12.2020 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.