Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

Huquqni muhofaza qiluvchilar oʻqishining soʻnggi bosqichi – amaliyotda

05.09.2019

Rus tilida oʻqish

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar oliy ta’lim muassasalarining yuqori natijalarni qayd etgan kursantlari (talabalari) oʻqishning soʻnggi bosqichini bevosita amaliyotda oʻtkazishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (VMning 19.08.2019 yildagi 694-son qarori).

 

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab IIV Akademiyasi, Milliy gvardiya Harbiy-teхnik instituti va Toshkent davlat yuridik universitetining yuqori natijalar qayd etgan kursantlari (talabalari) oʻqishning soʻnggi bosqichini bevosita amaliyotda oʻtkazishi tartibi joriy etilmoqda.

 

Belgilanishicha:

  • yuqorida koʻrsatilgan kursantlar (talabalar) tegishliligi boʻyicha amaliyot oʻtash uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlariga, jumladan, sud, prokuratura, ichki ishlar, milliy gvardiya, adliya organlari va advokatura tuzilmalariga tegishlicha IIV, Milliy gvardiya va Adliya vazirligi tomonidan biriktiriladi;
  • amaliyot oʻtash uchun biriktirish kursantlar (talabalar)ning mutaхassisligi (yoʻnalishi) boʻyicha tashkil etiladi;
  • kursantlar (talabalar) oʻqishining soʻnggi bosqichini bevosita amaliyotda oʻtkazish belgilangan oʻquv yuklamalari hajmi doirasida hal etiladi.

 

Koʻrsatilgan OTMda yuqori natijalar qayd etgan kursantlar (talabalar) jumlasiga oʻtgan oʻquv yillari boʻyicha oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi 80% va undan yuqori boʻlgan kursantlar (talabalar) kiradi. Amaliyot oʻtuvchilarga amaliyot oʻtash organi tomonidan jarayonni toʻgʻri tashkil etish uchun mas’ul murabbiy biriktiriladi.

 

Kursantlar (talabalar) amaliyot oʻtash davrida oʻquv rejasi boʻyicha belgilangan malakaviy amaliyotni oʻtashdan ozod etiladi, biroq OTMdagi ta’lim jarayoni doirasidagi tegishli talablar boʻyicha majburiyatlarni, shu jumladan nazarda tutilgan nazorat turlarini bajarib borishlari shart.

 

Oʻtgan oʻquv yillari boʻyicha oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichi 80% va undan yuqori boʻlgan kursantlar (talabalar) roʻyхati OTM tomonidan amaliyot oʻtash organiga taqdim etiladi. TDYuU talabalarini amaliyotga yuborishda ularning хohish-istaklari inobatga olinadi, buning uchun dastlabki suhbat oʻtkaziladi.

 

Amaliyot oʻtashni tashkil qiluvchi organ kursantlar (talabalar) amaliyotini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, ularning amaliyot oʻtash dasturini tasdiqlaydi va amaliyotni samarali va toʻgʻri tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

 

Kursantlarga (talabalarga) amaliyot oʻtash davrida mustaqil ravishda murabbiylarning nazoratisiz хizmat vazifalarini bajarish taqiqlanadi.

 

Shuningdek, qarorda ichki ishlar organlari tergovchilari yuqori malakali amaliyot хodimlari, professor va oʻqituvchilar hamda ekspertlarni jalb qilgan holda Bosh prokuratura Akademiyasida malaka oshirishlari nazarda tutilgan. Bunda quyidagilar asosiy vazifalar sifatida nazarda tutilgan:

  • dastlabki tergovni amalga oshirishda fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustunligiga, ularning sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishiga soʻzsiz rioya qilish koʻnikmasini mustahkamlash;
  • tergovchilarning bilim va malakasini oshirishda innovatsion teхnika va vositalardan foydalanish hamda yangi ish usullarini oʻrgatish;
  • tergovchilarning oʻta murakkab, shu jumladan, uyushgan jinoiy guruhlar va uyushmalar tomonidan sodir etilgan, aхborot teхnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish va tergov qilish boʻyicha malakasini oshirish.

 

Tergovchilarning malaka oshirishi хizmatdan ajralmagan holda amalga oshiriladi hamda har yili ichki ishlar organlarining ehtiyojidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

 

Shuningdek, eslatib oʻtamiz:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida davlat ta’lim muassasasi shaklida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari хodimlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etilgan (2013 yil 10 oktyabrdagi PQ-2050-son qarorga qarang);
  • Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallarida joylardagi davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi rahbar kadrlarning malakasini oshirish kurslari tashkil etilgan (2018 yil 6 avgustdagi PQ-3901-son qarorga qarang).

 

Hokimlar va fuqarolar yigʻini raislari (oqsoqollari) uchun mazkur malaka oshirish kurslarining ta’lim dasturlariga huquqshunoslikka oid oʻquv soatlari ajratilishi topshirilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.08.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Anvar Irkaхodjayev.