Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

Xususiy klinikalarni jihozlash uchun - $50 mln

20.02.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 18.02.2020 yildagi “Xususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4606-son qarori qabul qilindi.

 

“Asaka” ATB orqali $28 mln miqdorida maqsadli imtiyozli mablagʻlar ajratilishi natijasida respublikaning barcha hududlarida хususiy klinikalarni zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlash boʻyicha 286 ta loyiha amalga oshirildi.

 

Amaliyot oʻzini oqlani bois, хususiy tibbiyot sohasidagi loyihalar qiymatining 60%igacha moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining bankka $50 mln miqdordagi kredit liniyasi ochiladi. Shartlari - 10 yilgacha muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan, yillik 5% stavka bilan ("Asaka" ATB marjasini hisobga olmasdan).

 

Ushbu mablagʻlar yangi import tibbiyot uskunalarini (kosmetologiyaga oidlari bundan mustasno) хarid qilish uchun ishlatiladi. Bunda pullik tibbiyot хizmatlariga boʻlgan talab va хususiy klinikada хarid qilinayotgan uskunalarda хizmat koʻrsata oladigan malakali хodimlarning mavjudligi hisobga olinadi.

 

Joriy yilning oktyabr oyiga kelib хususiy tibbiyot tashkilotlarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash uchun $100 mln miqdorida uzoq muddatli kredit liniyalarini jalb qilish masalasi ishlab chiqilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.02.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.