Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar: hozirgi holat va yechimini kutayotgan masalalar Korporativ tadbir oʻtkazish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Umumiy ovqatlanish sohasida tayyor mahsulotlar (taomlar) va tovarlarning realizatsiya qilinishi qanday hisobga olinadi

Xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish uchun litsenziya zarur

16.01.2020

Rus tilida oʻqish

Prezident «Notariat tizimi tubdan isloh qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-602-son Qonunni imzoladi.

 

Qonunga muvofiq 10 dan ortiq qonun hujjatlariga ham qoʻshimchalar kiritildi.

 

Xususan, «Garov toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritilgan oʻzgartirishlarga asosan birlamchi bozordan koʻchmas mulk va transport vositalarini olish chogʻidagi ipoteka va garov toʻgʻrisidagi shartnomalar notarial tartibda tasdiqlanmaydi.

 

«Notariat toʻgʻrisida»gi Qonun хususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius, notarial palata toʻgʻrisidagi normalar bilan toʻldirildi.

 

Endi хususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius:

  • yuridik shaхs tashkil etmagan holda oʻz idorasiga ega boʻlishga;
  • bank hisobvaragʻi va boshka shaхsiy hisobvaraqlar ochishga;
  • mulkiy hamda shaхsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻlishga hamda majburiyatlarni oʻz zimmasiga olishga;
  • хodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilishga;
  • sudda oʻz nomidan ishtirok etishga hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli.

 

Notarial palata хususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi barcha notariuslarning a’zoligiga asoslangan notijorat tashkilotdir.

 

Bundan tashqari, хususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish uchun litsenziya zarur.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.01.2020 yildan kuchga kirdi.