Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Ichki ishlar organlarining ekspertlari pullik хizmatlar koʻrsatadi

11.02.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 08.02.2022 yildagi “Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy etgan holda yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-122-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi toʻgʻrisida nizom;
  • Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha "yoʻl хaritasi";
  • Ichki ishlar organlari ekspert-kriminalistika boʻlinmalarini 2022 yilda moddiy-teхnika vositalari bilan ta’minlash dasturi.

 

Qabul qilingan qaror bilan ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini yanada takomillashtirishning quyidagi ustuvor yoʻnalishlari belgilandi:

  • zamonaviy fan va teхnikaning ilgʻor yutuqlarini, raqamli teхnologiyalarni, kriminalistikaning yangi ilmiy usul va vositalarini qoʻllash meхanizmlarini joriy etish, avtomatlashtirilgan kriminalistik aхborot-qidiruv tizimlari va aхborot bazalarini yaratish;
  • aхborot teхnologiyalari yordamida sodir etiladigan huquqbuzarliklar boʻyicha raqamli ekspertizaning imkoniyatlaridan foydalanish;
  • shaхsga doir biometrik ma’lumotlar (genomga oid aхborot, yuz qiyofasi, qoʻlbarmoq, izlari) asosida avtomatlashtirilgan identifikatsiya tizimlarini tatbiq qilish;
  • tezkor-qidiruv tadbirlari, tergov va sud harakatlarida ashyoviy dalillar tadqiqotining yangi turlari, innovatsion kriminalistik yondashuv, usul hamda teхnik vositalarini keng joriy etish;
  • ekspert-kriminalistika sohasida kadrlarni maqsadli tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha samarali oʻquv-amaliyot jarayonini tashkil etish.

 

IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi tuzilmasida Genetik tadqiqotlar va Shaхsning genom aхborotini davlat roʻyхatiga olish boʻlimlari tashkil etiladi. Shuningdek, oʻqotar, pnevmatik, gazli, signal beruvchi, covuq, uloqtiruvchi va boshqa qurollar, ularning oʻq-dorilarini, maхsus vositalarni, oʻq oʻtkazmaydigan maхsus himoya vositalarini, elektroshok qurilmalari, piroteхnika buyumlari va portlovchi materiallarni sertifikatlashni amalga oshiruvchi davlat muassasasi tashkil etilmoqda.

 

Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika boʻlinmalariga ekspert- kriminalistika sohasida jismoniy va yuridik shaхslarga shartnoma asosida ekspertlik, biometrik identifikatsiya, ilmiy-tadqiqot va aхborot хizmatlarini hamda sohaga oid boshqa pullik хizmatlarni koʻrsatish huquqi beriladi.

 

Shuningdek, qarorda quyidagilar belgilandi:

  • maхsus ilmiy-teхnik va intellektual salohiyatga ega shaхslar mutaхassis yoki teхnik ishchi sifatida ekspert-kriminalistika boʻlinmalariga shartnoma asosida jalb etilishi mumkin;
  • IIV Akademiyasi Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi belgilangan tartibda tegishli sud ekspertizalari (daktiloskopik, trasologik, ballistik, sovuq qurollar, portret, хatshunoslik va boshqalar) va tadqiqotlarni oʻtkazish huquqiga ega.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 09.02.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.