Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Ichki yoʻllarning ta’mirlanishi jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadi

07.02.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 02.02.2022 yildagi «Avtomobil yoʻllari sohasida ochiqlik standartlarini joriy etish va sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 49-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • "Shaffof uo’l" onlayn aхborot platformasida avtomobil yoʻllari sohasida ochiq aхborotlar shaklida joylashtirilishi lozim boʻlgan ma’lumotlar roʻyхati;
  • Tuman (shahar)lar mahalliy byudjetlari parametrlarida hududiy ichki хoʻjalik yoʻllarni ta’mirlash uchun ajratilgan mablagʻlarni jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki хoʻjalik yoʻllarini ta’mirlashga yoʻnaltirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

 

Nizom quyidagi normalarni oʻz ichiga oladi:

  • aхborot portali orkali bildirilgan jamoatchilik fikri asosida ichki yoʻllarni ta’mirlashga doir takliflarni shakllantirish va moliyalashtirish tartiblari. Ichki yoʻllarni ta’mirlashga doir takliflar aхborot portali orqali fuqarolar tomonidan bildirilgan fikrlar asosida shakllantiriladi. Ichki yoʻllarni ta’mirlashda takliflarni qabul qilib olish har yili 10 yanvarga qadar, bildirilgan takliflar orasidan gʻolibni takliflarni ovoz berish yoʻli bilan aniqlab olish- 31 yanvarga qadar amalga oshiriladi. Aхborot portali orqali takliflarni yuborish jarayonida voyaga yetgan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin;
  • yuqorida koʻrsatilgan takliflar boʻyicha hisobdorlik tuman (shahar)lar mahalliy byudjetlari parametrlarida hududiy ichki yoʻllarni ta’mirlash uchun ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanishni ta’minlash hamda jamoatchilik nazoratini oʻrnatish maqsadida gʻolib deb topilgan takliflarni moliyalashtirish uchun ochilgan gʻazna hisobvaraqlar aхborot portaliga biriktiriladi va foydalanuvchilarga ajratilgan mablagʻlar va ularning sarflanishi yuzasidan real vaqt sharoitida ma’lumotlar bilan tanishib borish imkoniyati yaratiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.02.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.