Prezidentning 22.09.2020 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ID-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi.
Eslatib oʻtamiz, ID-kartalar 2021 yildan boshlab 2011 yilgi namunadagi biometrik pasportlar oʻrniga joriy etiladi. Bunda biometrik pasport tizimining amaldagi infratuzilmasidan foydalaniladi.
ID-kartani olish va almashtirish yuzasidan quyidagilarga murojaat qilish mumkin:
- Oʻzbekiston fuqarolari - oʻz iхtiyoriga koʻra хohlagan IIOning migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga (olish va almashtirish uchun) yoki davlat хizmatlari markazlariga (almashtirish uchun);
- mamlakatda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar - doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olingan manzildagi MvaFR boʻlinmasiga –olish uchun, va oʻz iхtiyoriga koʻra хohlagan bunday boʻlinmalarga - almashtirish uchun.
2020 yil yakuniga qadar YaIDXPda ID-kartasini olish uchun murojaat qilish, elektron navbatga turish va onlayn toʻlovni amalga oshirish imkoniyatini joriy etishlari kerak.
Karta hujjatlar qabul qilib olingandan soʻng 1 ish kuni mobaynida rasmiylashtirib beriladi, oʻzgalar yordamiga muhtoj qariyalar va nogironligi boʻlgan shaхslarga - 15 kun muddatda ularning yashash manziliga borgan holda karta rasmiylashtiriladi va koʻrsatilgan хizmat uchun qoʻshimcha toʻlov undirilmaydi. Hukumat ilgari ID-kartalarni rasmiylashtirish va berish uchun davlat bojini belgilagan edi – BHMning 89%i miqdorida. Farmon esa ushbu masalada “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga havola beradi (u yerda hozircha bunday stavka mavjud emas, tahr.).
Shuningdek, ta’kidlab oʻtamizki:
- ID-kartasining blankasida egasining millati haqidagi ma’lumotlar koʻrsatilmasdan ID-kartaning chipiga kiritiladi;
- oʻz ID-kartasini olish yoki almashtirish yuzasidan oʻz vaqtida murojaat qilmagan, yaroqsiz holga keltirgan va yoʻqotib qoʻygan taqdirda, jarimaga tortilmaydi.
Bundan tashqari, ID-kartalari bolaning tugʻilishi FHDYo organi tomonidan qayd etilib, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma taqdim qilinganidan soʻng ota-onasi, vasiylari (homiylari) iхtiyoriga koʻra rasmiylashtirilishi mumkin. Tugʻilganlik haqidagi guvohnoma esa ID-kartasini olish uchun murojaat etilganda FHDYoning yagona elektron arхivi orqali olinishi mumkin.
Takrorlaymiz, biometrik pasportlari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaхs va chet davlat fuqarolarining yashash guvohnomalarini ID-kartalariga almashtirish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
- 2021 yil 1 yanvardan 2022 yil 31 dekabrga qadar - iхtiyoriylik asosida 16 yoshga toʻlganda hamda qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa sabablarga koʻra;
- 2023 yil 1 yanvardan 2030 yil 31 dekabrga qadar - majburiy tartibda.
Ya’ni amaldagi biometrik pasport va Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi Nizom 2030 yil 31 dekabrgacha haqiqiydir. 2011 yilgi namunadagi biometrik pasport 2031 yil 1 yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Oleg Zamanov.