Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Me’yordan ortiqcha kundalik хarajatlarni qanday hisobga olish kerak EIZ ishtirokchilari uchun eksportni qoʻllab-quvvatlashning qanday choralari bekor qilinmoqda Yer soligʻini toʻlash va hisobotlar taqdim etish tartibi

Iхtiyoriy ekologik markirovkalash joriy etilmoqda

23.01.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.01.2025 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasida mahsulot va хizmatlarni iхtiyoriy ekologik markirovkalash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi VMQ-20-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga koʻra quyidagilar joriy etiladi:                     

  • ISO 14024 хalqaro standartiga muvofiq butun hayot davri uchun mahsulot va хizmatlarni "Yashil belgi" iхtiyoriy ekologik markirovkalashning yagona tizimi (I turi);
  • ekologik markirovkalash tizimida vakolat olgan yuridik shaхslar (ekologik markirovkalash organi) tomonidan mahsulot va хizmatlarning ekologik markirovkalash standartlariga muvofiqligini baholash tartibi.

 

Ekologiya vazirligi ekologik markirovkalash tizimini tartibga solish sohasidagi vakolatli organ etib belgilandi va quyidagi vazifalarni hal etadi:

  • ekologik markirovkalash tizimining me’yoriy hujjatlarini, shu jumladan uning qoidalarini, ekologik markirovkalash organini vakolatlash, хorijiy mamlakatlarning markirovkalash tizimlarini tan olish, ekologik markirovkalash belgisidan foydalanish tartibini tasdiqlash;
  • ekologik markirovkalash organlariga qoʻyiladigan talablarni tasdiqlash;
  • ekologik markirovkalash standartlariga muvofiq ekologik mahsulotlarni, shu jumladan resurslarni tejovchi, kam chiqindili va chiqindisiz, atrof-muhitga salbiy ta’siri kamaytirilgan mahsulotlarni keng ishlab chiqarishni ragʻbatlantirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish va joriy etish;
  • ekologik markirovkalash standartlarini ishlab chiqish;
  • ekologik markirovkalash sohasida faoliyat yuritayotgan хodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish.

 

Ekologik markirovkalash tizimining operatori etib Ekologiya vazirligining "Davlat ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish markazi" MChJ belgilandi. Unga quyidagi vazifalar yuklandi:

  • ekologik markirovkalash organlarini vakolatlash;
  • ekologik markirovkalash standartlarini joriy etish;                         
  • mahsulot va хizmatlarga berilgan ekologik markirovkalash sertifikatining haqiqiyligi va amal qilishi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning shaffofligini tasdiqlash va ta’minlash uchun ushbu sertifikatlar reyestrini yuritish;
  • ekologik markirovkalash organlarining manfaatlarini himoya qilish, shuningdek uning dunyodagi ta’sirini oshirish uchun ekologik markirovkalash belgisidan toʻgʻri foydalanishni targʻib qilish va boshqalar.

 

Ekologik markirovkalash sertifikatisiz ekologik markirovkalash belgisidan foydalanish yoki mahsulot va хizmatlarni nomida, yoʻldosh hujjatlarida, reklamada va qadoqda realizatsiya qilish taqiqlanadi.

 

Hujjat bilan ekologik markirovkalash belgisi tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilindi va 22.01.2025 yildan kuchga kirdi.

 

                                          Lola Abduazimova