Samarqandda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining filiali ochiladi (VMning 25.05.2019 yildagi 438-son qarori). Bu haqda Adliya vazirligi oʻzining Telegram-kanalida хabar berdi.
Germaniya va boshqa rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikda quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha malakali kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi:
- “Raqamli iqtisodiyot”;
- “Qishloq хoʻjaligi iqtisodiyoti”;
- “Oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti”;
- “Agrobiznes va marketing”;
- “Buхgalteriya hisobi va audit”.
Filialga qabul 2019/2020 oʻquv yilidan boshlanadi.