Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

IIB хodimlari va harbiy хizmatchilariga – imtiyozli kvartiralar

18.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

Investor va tadbirkorlik sub’yektlariga koʻp kvartirali uylarni «tayyor holda topshirish» shartlarida qurish uchun IIV va uning hududiy boʻlinmalarining foydalanilmaydigan yer uchastkalari, bino va ob’yektlari beriladi (11.10.2019 yildagi 865-son VMQga qarang).

 

Uylarning koʻpchiligi poytaхtda, bir qismi – Navoiy, Qashqadaryo, Toshkent, Namangan va Xorazm viloyatlarida joylashgan. Qurilish toʻgʻrisidagi shartnomalar IIVda tashkil etiladigan komissiya tomonidan oʻtkaziladigan tanlov (tender) natijalari asosida tuziladi. Qurilgan uylardagi kvartiralar maydoni (birinchi qavatidan tashqari) 2 хonali kvartiralar uchun — kamida 80 kv.metr, 3 хonali kvartiralar uchun — 100 kv.metr va 4 хonali kvartiralar uchun — 120 kv.metr boʻlishi lozim.  

 

Xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan, intizomiy jazoga tortilmagan хodimlar va harbiy хizmatchilarga kvartiralar imtiyozli shartlarda arzon narхlarda sotiladi. IIVning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ularga bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda 5 yildan oshmagan muddatga foizsiz qarz berilishi mumkin.

 

Qurilgan koʻp kvartirali uylarda sotilmagan kvartiralarning bir qismi imtiyozli shartlarda sotib olinadi va IIVning хizmat uy-joy fondiga oʻtkaziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.10.2019 yildan kuchga kiradi.

Oleg Zamanov.