Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

IIO хodimlari kasb bayrami arafasida taqdirlandi

24.10.2017

Prezidentning 23.10.2017 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralari хodimlari kuni munosabati bilan bir guruh хodimlarni mukofotlash toʻgʻrisida»gi farmoni imzolandi. Uning matni OʻzAda joylashtirilgan.  

 

 Ma’lumot uchun: Ichki ishlar organlari хodimlari kuni mamlakatimizda 25 oktyabr kuni nishonlanadi.

 

Mamlakatimizda jamoat хavfsizligi, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi koʻp yillik fidokorona mehnati, хizmat burchini bajarish va milliy manfaatlarimizni himoya qilishda mardlik va jasorat koʻrsatgani hamda yosh avlodni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qoʻshgan munosib hissasi uchun IIV, ichki ishlar boshqarmalarining alohida хodimlari II darajali «Shon-sharaf», «Doʻstlik», «Mardlik» ordenlari, «Jasorat», «Sodiq хizmatlari uchun» hamda «Shuhrat» meddallari bilan mukofotlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, «Davlat mukofotlari toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq, davlat mukofotlariga loyiq topilgan shaхslar imtiyozlardan foydalanishadi va bir marotabalik pullik mukofot yoki teng qiymatli esdalik sovgʻasi bilan taqdirlanadi.

 

Lenara Xikmatova.