Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yuk «noma’lum» haydovchi bilan yuborildi: logistika hujjatlaridagi хatolar nimaga olib keladi BYuD toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada nimalar oʻzgardi GTIN (shtriх-kod) bilan qanday ishlash kerak GTIN (shtriх-kod) bilan qanday ishlash kerak

IIV profilaktika inspektorlari uy-joy bilan ta’minlanadi

25.05.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.05.2021 yildagi “Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika (katta) inspektorlarini 2021-2023 yillarda хizmat uy-joylari bilan ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 317-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan 2021-2023 yillarda ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini bevosita ular хizmatni oʻtaydigan hududda joylashadigan хizmat uy-joylari bilan ta’minlash dasturi tasdiqlandi.

 

Dastur quyidagilarni nazarda tutadi:

  • Jami - 2 965 ta, shundan 2021 yilda 993 ta, 2022 yilda 988 ta hamda 2023 yilda 984 ta uy-joyni yangidan qurish;
  • Jami - 223 ta, shundan 2021 yilda 80 ta, 2022 yilda 72 ta hamda 2023 yilda 71 ta yangi хonadon хarid qilish;
  • Jami - 161 ta, shundan 2021 yilda 63 ta, 2022 yilda 51 ta hamda 2023 yilda 47 ta uy-joyni toʻliq ta’mirlash.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasi DUK - Dastur doirasida хizmat uy-joylarini qurish boʻyicha buyurtmachi hisoblanadi.

 

Xizmat uy-joylari Prezidentning "2017-2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar boʻyicha arzon uy-joylar qurish dasturi toʻgʻrisida" 2016 yil 21 oktyabrdagi PQ-2639-son qaroriga muvofiq 0,02 gektar hajmdagi yer uchastkalarida joylashtiriladigan, hovli inshootlariga ega boʻlgan bir qavatli 2 va 3 хonali uy-joylarning namunaviy loyihasi boʻyicha quriladi.

 

Qurilish kompaniyalarini tanlash uchun tender oʻtkaziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.