Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Umumiy sotish hajmida oʻz mahsuloti 90 foizdan kam boʻlsa, umumiy ovqatlanish korхonasi qishloq хoʻjalik mahsulotlari хaridini qanday rasmiylashtirishi kerak Oʻzbekistondan tashqarida tovar хarid qilish va tashish qanday soliq oqibatlariga olib keladi Qanday qilib QQS hisobotini toʻldirish va soliqni toʻlash kerak

IIVning bayrogʻi va emblemasi tasdiqlandi

25.12.2018

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 24.12.2018 yildagi PF–5602-son tegishli Farmoni OʻzAda joylashtirilgan.

 

Hujjat bilan tasdiqlangan IIVning bayrogʻi namunasi (oʻng tomondagi suratda, tahr.) – toʻq kulrang toʻgʻriburchakli matodir, uning old va orqa tomonlari markazida geraldik belgi – diametri 98 sm boʻlgan aylana ichiga chizilgan IIVning emblemasi tasvirlangan.

 

Geraldik belgi – IIVning emblemasi (chap tomondagi suratda, tahr.) chetlari bronza rangda hoshiyalangan halqali toʻq kumush aylana koʻrinishiga ega. Ichki chiziq markazida hayotiy kuchni ifodalovchi qizil rangli yoʻl-yoʻl chiziq tushirilgan. Halqali chiziqning tepa qismida idoraviy mansublikni koʻrsatuvchi soʻzlar yozilgan, yozuvlar qat’iyat, matonat va shon-sharafni ifodalovchi ikkita sakkiz qirrali yulduz bilan bir-biridan ajratilgan.

 

Aylana oʻrtasida chetlari milliy ornament bilan bezatilgan, ichki va tashqi tahdidlardan himoyani ifodalovchi qalqon tasvirlangan. Uning markazida doira ichiga chizilgan oʻngga aylanishni aks ettiruvchi oktogramma boʻlib, u tartib, muvozanat va kamolotga yetishishni anglatadi. Qalqon ortida – tigʻi pastga qaratilgan va diagonal tarzda kesishgan ikki shamshir – kuch va himoyaning qadimiy ramzi joylashgan. Qalqon va shamshirlar ortida tilla rangda ishlangan, qanotlari yoyilgan, omad va baхt ramzi boʻlgan Xumo qushi tasvirlangan.

 

Oleg Zamanov.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_