Prezidentning 26.12.2018 yildagi PQ-4086-son qarori bilan jismoniy shaхslar tomonidan koʻchmas mulk va avtotransportni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solish maqsadida foydalaniladigan 2019 yil uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari tasdiqlandi.
2018 yilda jismoniy shaхs tomonidan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga shartnomada belgilangan ijara toʻlovi summasidan kelib chiqqan holda eng kam stavka boʻyicha 7,5% JShDS solingan. Biroq, koʻchmas mulk va avtotransport boʻyicha ular ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan summadan past boʻlmasligi kerak. Soliq bazasi pasayishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida 2014 yildan boshlab shunday qilinmoqda.
2019 yil uchun noturar joylar uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari oʻrtacha 2,2 marta, avtotransport vositalari uchun 1,4 marta oshirildi (26.12.2018 yildagi PQ-4086-son Prezident qaroriga 24-ilova).
T/r |
Ijaraga beriladigan mol-mulk turi |
Belgilangan stavka miqdorini tavsiflovchi koʻrsatkich |
Oylik ijara toʻlovi stavkalarining eng kam miqdorlari, soʻmda |
||
Toshkent sh. |
Nukus sh. va viloyat markazlaridagi shaharlar
|
boshqa aholi punktlari
|
|||
1 |
Uy-joylar: |
|
|
|
|
|
turar joy |
umumiy maydonning 1 kv.metri uchun |
10 000 |
6 500 |
3 000 |
|
noturar joy |
20 000 |
13 000 |
6 000 |
|
2 |
Avtomobil transporti: |
|
|
|
|
|
yengil avtomobil (yoʻlovchilar, bagaj tashishga moʻljallangan hamda haydovchi oʻrnini hisoblamaganda, oʻrindiqlari soni 8 tadan koʻp boʻlmagan avtotransport vositasi) |
1 ta avtotransport vositasi uchun |
480 000 |
||
|
mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari |
940 000 |
Shu tariqa, yuqorida koʻrsatilgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq yuki jiddiy ravishda oʻsadi. Ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan summalardan past boʻlmasligi lozim boʻlgan ushbu daromadlar 12% stavka boʻyicha JShDS solinadi.
Demak, Toshkent shahrida maydoni 100 kv.m turar joyni ijaraga berishdan olingan daromadlarga solinadigan JShDS summasi oyiga kamida 120 ming soʻm ((10 ming soʻm х 100 kv.m.) х 12%) boʻlishi kerak. Agar yengil avtomobil ijaraga berilsa, JShDS summasi oyiga kamida 57,6 ming soʻmni (480 ming. soʻm х 12%) tashkil etishi kerak.
Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 28.12.2018 yilda kuchga kirdi.