Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida»gi (27.12.2016 yildagi PQ-2699-son) Qarori bilan mol-mulkini ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun ijara toʻlovining yangi eng kam stavkalari tasdiqlandi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari oshirildi
Ijaraga beruvchi jismoniy shaхslar uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari oshirildi
06.01.2017

Mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadlarga shartnomada belgilangan ijara toʻlovi summasidan kelib chiqqan holda soliq solinadi. Ammo ushbu summa ijara toʻlovining eng kam stavkalaridan kelib chiqib hisoblangan summadan kam boʻlmasligi darkor.
Mol-mulkini ijaraga berayotgan jismoniy shaхslar uchun oylik ijara toʻlovining eng kam stavkalari 1,5 barobar oshirildi va quyidagi miqdorlarda belgilandi:
1. Uy-joylar (umumiy maydonning 1 kv.metri uchun soʻmda):
- turar joy:
- Toshkent shahrida – 4 500;
- Nukus shahri va viloyatlar boʻysunuvidagi shaharlarda – 3 000;
- boshqa aholi punktlarida – 1 500;
- noturar joy:
- Toshkentda – 9 000;
- Nukus shahri va viloyatlar boʻysunuvidagi shaharlarda – 6 000;
- boshqa aholi punktlarida – 3 000;
2. Avtotransport (1 ta avtotransport vositasi uchun soʻmda):
- yengil avtomobil (yoʻlovchilar, bagaj tashishga moʻljallangan hamda haydovchi oʻrnini hisoblamaganda, oʻrindiqlari soni 8 tadan koʻp boʻlmagan avtotransport vositasi) – 330 000;
- mikroavtobuslar, avtobuslar va yuk avtomobillari – 645 000.
Eslatib oʻtamiz, yuridik shaхslar uchun davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari har yili viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Irina Aхmetova
ekspertimiz.
Yangi sonlarda oʻqing

- Tomorqa yer egalarini qanday qoʻllab-quvvatlashadi
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- 2025 yilning fevral oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy badallar hisob-kitobi uslubiyati
- 2025 yilda Oʻzbekistonda soliqlar va yigʻimlar: turlari, stavkalari, hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlash muddatlari
- K-savdo orqali sotib olingan koʻchma savdo joylarini qanday hisobga olish kerak

- «Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida»gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi
- Qogʻoz mehnat daftarchasini qanday yuritish kerak
- Advokat sudda ishonchnomasiz ishtirok eta oladi...
- Umumiy yigʻilish bayonnomasida uy egalarining imzolari qalbakilashtirilgan boʻlsa, nima qilish kerak?
- Boʻnak toʻlovlari: uy egalari tejash uchun nimalarni bilishi kerak