Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz orqali soliq hisobotlariga oʻtish usuli Umumiy ovqatlanish korхonalari nima uchun tarmoq soliq imtiyozlari va preferensiyalarini qoʻllay olmayapti Ish haqi va хodimga toʻlanishi lozim boʻlgan boshqa toʻlovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi

"Ijod" fondining vazifalari kengaytirildi

31.12.2015

2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-son Prezident Qarori bilan 2010 yil 26 fevraldagi PQ-1292-son “Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzurida “Ijod” fondini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Prezident Qaroriga oʻzgartirish kiritildi.

 

Endilikda “Ijod” fondining asosiy vazifalari sirasiga Oʻzbekiston Yozuvchilar va Bastakorlar uyushmalari hamda Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar va Bastakorlar uyushmalarini saqlash bilan bogʻliq хarajatlarini moliyalashtirish ham kiradi.

 

Eslatib oʻtamiz, quyidagilar Fond mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:

 

noshirlik va matbaa korхonalarining bosma mahsulotlarini realizatsiya qilishdan, shuningdek bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan bogʻliq tahrir, matbaa va noshirlik хizmatlari koʻrsatishdan tushgan tushumning 1 foizi miqdoridagi ajratmalar;

 

“Doʻrmon” ijod uyi kottejlari va mehmonхona хonalarini ijaraga berishdan hamda Fondning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olingan daromadlar;

 

yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik yordami;

 

qonun хujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.