Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijaraning eng kam stavkalari: Oʻzbekistonda qoʻllash tartibi 2025 yil uchun chet davlatlar avtotransportining hududga kirishi va tranziti boʻyicha yigʻimlar stavkalari tasdiqlandi 2025 yil yanvar oyi uchun bosh buхgalter rejasi 2025 yil 1 yanvardan Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi

Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar akseleratori tashkil etildi

24.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

U Prezident Administratsiyasi huzurida faoliyat koʻrsatadi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sohasidagi jiddiy muammolarni jadallik bilan tezkor va samarali hal qilish maqsadida davlat organlari va tashkilotlari resurslarini jalb qiladi (Prezidentning 3.10.2019 yildagi PQ-4471-son qaroriga qarang).

 

Endi Prezident Administratsiyasi huzurida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ham faoliyat koʻrsatadi (1999 yilda Iqtisodiy tadqiqotlar markazi sifatida tashkil etilgan, tahr.). Muassasaga yangi vazifalar belgilandi va tuzilmasi tasdiqlandi.

 

Markaz negizida «open space» tamoyili asosida ochiq innovatsion platforma tashkil etiladi. Uning maqsadi - davlat organlari va tashkilotlari, tahliliy va tadqiqot markazlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tadbirkorlik sub’yektlari, fuqarolik jamiyati va ekspertlar hamjamiyati vakillari, boshqa manfaatdor tomonlarning samarali tarmoqlararo va idoralararo hamkorligini yoʻlga qoʻyish.

 

Markaz tuzilmasida akseleratorning ishchi organi boʻladi. Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari bir vaqtning oʻzida Markaz direktori va akselerator rahbari hisoblanadi.

 

Har chorakda tarmoqlararo va idoralararo darajada hal qilinishi zarur boʻlgan muammoli masalalar roʻyхati tuziladi. Uning asosida Markaz tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar natijalari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini monitoring qilish va ularning natijadorligini baholash, OAV va ijtimoiy tarmoqlar materiallarini oʻrganish, vazirliklar va idoralarning takliflari yotadi.

 

Roʻyхat Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari va Prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil departamenti bilan kelishiladi. U OAV va Markazning rasmiy saytida e’lon qilinadi. Roʻyхatga kiritilgan har bir muammoni hal qilish uchun ishchi guruhi shakllantiriladi va Markazdan muvofiqlashtiruvchi tayinlanadi.

 

Oleg Zamanov.