Vazirlar Mahkamasining 16.12.2022 yildagi “2022-2024 yillarda davlat ijtimoiy muassasalarining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 710-son qarori qabul qilindi.
Iхtisoslashtirilgan maktabgacha va oʻrta ta’lim tashkilotlari hamda tibbiy-ijtimoiy muassasalarini ta’mirlash boʻyicha manzilli dasturning asosiy parametrlari tasdiqlandi. Ularda 142 ta ijtimoiy ob’yektlar uchun 150 mlrd soʻm ajratilishi belgilanmoqda.
Shuningdek, 2023 yilda umumiy quvvati 3 ming oʻrinli 14 ta tibbiy-ijtimoiy muassasalar (reabilitatsiya va protezlash markazlari va sanatoriylar) ta’mirlanadi.
2023-2024 yillarda 7 ta bolalar uyida jami 7,1 mlrd soʻmlik qurilish, ta’mirlash va jihozlash ishlari bajariladi.
Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.12.2022 yildan kuchga kirdi.
Sobir Nurberdiyev.