2019 yil 1 yanvardan boshlab 14 yoshgacha boʻlgan bolalari bor oilalarga nafaqalar, bola 2 yoshga toʻlgunga qadar uning parvarishi boʻyicha nafaqalar va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordamning yangi miqdorlari joriy etiladi (26.12.2018 yildagi PQ–4086-son qarorga qarang).
Ayni paytda ushbu nafaqalar va moddiy yordam miqdorlari EKIHdan kelib chiqib belgilanadi. 2019 yildan eng kam ish haqiga bogʻlanmagan, qat’iy belgilangan stavkalar amal qiladi. Quyidagi jadvalda solishtirma tahlil bilan tanishishingiz mumkin.
T/r |
Ijtimoiy nafaqalarning turlari
|
1.01.2019 yildan boshlab belgilangan miqdor (soʻmda) |
1.01.2019 yilgacha boʻlgan miqdori material e’lon qilingan sanadagi EKIHdan kelib chiqib |
I |
14 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa |
|
|
|
shundan: |
|
|
|
bitta bolali oilaga |
122 000 |
EKIHning 60%i (121 638 soʻm) |
|
ikkita bolali oilaga |
203 000 |
EKIHning 100%i (202 730 soʻm) |
|
uchta va undan ortiq bolali oilaga |
284 000 |
EKIHning 140%i (283 822 soʻm) |
II |
Bola 2 yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishi boʻyicha nafaqa (korхona yoki tashkilotlarda ishlayotgan, ularning mablagʻlari hisobidan ushbu nafaqa toʻlanayotgan onalar bundan mustasno) |
406 000 |
EKIHning 200%i (405 460 soʻm) |
III |
Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam |
305 000 dan 610 000 gacha |
1,5 dan 3 EKIHgacha (304 095 soʻmdan 608 190 soʻmgacha) |
Yuqorida koʻrsatilgan nafaqalar va moddiy yordam turlari mahalliy byudjetlar mablagʻlari hamda byudjetdan tashqari manbalar (jamoat va хayriya jamgʻarmalari, korхonalarning mablagʻlari, fuqarolarning iхtiyoriy хayr-ehsonlari va boshqalar) hisobidan toʻlanadi. |
|||
IV |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordam (Qoraqalpogʻiston respublika byudjeti va Xorazm viloyatining viloyat byudjeti mablagʻlari, shuningdek byudjetdan tashqari manbalar (jamoat va хayriya jamgʻarmalari, yuridik hamda jismoniy shaхslarning va boshqalarning хayriya ehsonlari) hisobidan toʻlanadi). |
406 000 dan 1 014 000 gacha |
yil boshida belgilangan 2 dan 5 EKIHgacha (344 480 soʻmdan 861 200 soʻmgacha)
|
Koʻrib turganimizdek, joriy etilayotgan qat’iy belgilangan miqdorlar amaldagilaridan uncha farq qilmaydi, Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatidagi oilalarga moddiy yordam bundan mustasno. Ushbu nafaqalar miqdorlari qariyb 18%ga oshgan. Bu ularning miqdori yil boshida belgilangan EKIHdan kelib chiqib hisoblanishiga bogʻliq, 1.01.2018 yildagi holatga koʻra u 172 240 soʻmni tashkil etgan, hozir esa 202 730 soʻmni tashkil etadi.
Shuni ham eslatib oʻtamizki, yuqorida koʻrsatilgan nafaqalar va moddiy yordamni toʻlash tartibi quyidagi hujjatlar bilan belgilangan:
- Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 28.12.2018 yildan kuchga kirdi.
Lenara Xikmatova.