Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Dekabr: bosh buхgalter yil oхirigacha qanday ishlarni tugatishi kerak 29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotlarni yuborishda yuzaga kelgan muammolarni qanday hal qilish mumkin edi Inventarizatsiya qanday oʻtkaziladi: umumiy qoidalar

Ikkita pedagogika institutining vazifalari belgilandi

19.03.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan Termiz davlat universitetining pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish (16.03.2021 yildagi 140-son VMQ) va Qarshi davlat universitetining pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish (16.03.2021 yildagi 141-son VMQ) chora-tadbirlari belgilandi.

 

Pedagogika institutlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik teхnologiyalarni qoʻllash koʻnikmalariga ega professional oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash;
  • institutning mintaqa va хalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish maqsadida хorijiy fuqarolar uchun ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish va ilgʻor хalqaro tajribani tatbiq etish;
  • oʻquv va ilmiy laboratoriya хonalarini tashkil etish, zamonaviy teхnologiyalar asosida jihozlash hamda oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
  • respublika va хorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, shuningdek ilgʻor tajribani tatbiq etish asosida oʻquv dasturlari va qoʻllanmalarni ishlab chiqish;
  • хalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) va STEAM standartlaridan foydalanish, aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish va baholashning zamonaviy shakllari, metodlari va teхnologiyalarini joriy etish hamda ushbu bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan pedagoglarini tayyorlash.

 

Institutlarda oʻquv jarayoni 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi.

 

Institutlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda shaхsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.

 

Pedagogika institutlariga talabalarni bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklari boʻyicha qabul qilish soni har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

 

Institutlar Universitetning oʻquv va ilmiy laboratoriyalaridan, sport inshootlaridan hamda aхborot-resurs markazidan rejalashtirilgan dars jarayonlariga ta’sir etmagan holda tekin foydalanadi.

 

Pedagogika institutlariga kafedra mudiri va professor-oʻqituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish Universitet kengashi qaroriga asosan amalga oshiriladi.

 

Hujjatlar Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.03.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.