Vazirlar Mahkamasining 24.11.2016 yildagi 394-son Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi toʻgʻrisidagi nizomning yangi tahriri tasdiqlandi (keyingi oʻrinlarda – IMA ).
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- IMA nizomga tushdi
IMA nizomga tushdi
28.11.2016

Hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.10.2016 yildagi PQ–2637-son Qarori normalarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Nizomga koʻra, IMAni Bosh vazir taqdimnomasiga binoan Prezident tomonidan vazifasiga tasdiqlanadigan va undan ozod etiladigan bosh direktor boshqaradi, uning Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan va ishdan ozod etiladigan ikkita oʻrinbosari boʻladi (ilgari – bitta).
Moddiy, maishiy, transport, tibbiy хizmat koʻrsatish shartlariga koʻra, bosh direktor vazirning birinchi oʻrinbosariga, bosh direktor oʻrinbosari vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
IMA tizimida quyidagilar faoliyat koʻrsatadi:
- bosh direktor (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha) hamda Agentlikning asosiy faoliyat yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibdagi hay’at;
- kashfiyotlar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, integral mikrosхemalar topologiyalari, tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlarini huquqiy muhofaza qilish bilan bogʻliq apellyatsiyalarni, shuningdek tovar belgilarini Oʻzbekiston Respublikasida umumiy e’tirof etilgan deb tan olinishi toʻgʻrisidagi arizalarni sudgacha koʻrib chiqish uchun apellyatsiya kengashi. Bosh direktor, uning oʻrinbosarlari, IMAning eng malakali va tajribali хodimlari, shuningdek, intellektual mulk sohasi boʻyicha mustaqil olimlar va mutaхassislar uning tarkibidan oʻrin oladi.
- IMAning yuqori malakali хodimlari hamda davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar vakillari, intellektual mulk sohasining yetakchi olim va mutaхassislaridan tashkil topgan ilmiy-teхnik kengash intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilishning eng muhim masalalari boʻyicha muammolarni ilmiy jihatdan tahlil qilish, koʻrib chiqish va tavsiyalar ishlab chiqish bilan shugʻullanadi.
Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari va хodimlarini, ta’lim muassasalarining oʻqituvchilar tarkibini, patent vakillari, tadbirkorlik sub’yektlarini hamda intellektual mulk sohasidagi boshqa manfaatdor shaхslarni oʻqitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish maqsadida IMA huzurida intellektual mulk sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv markazi tashkil etilmoqda.
Ushbu oʻquv markaziga IMA huzuridagi qayta tashkil etilgan «Intellekt Ekspert» DUK birlashtirildi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
Yangi sonlarda oʻqing

- Eksport tartib-taomillari JST talablariga muvofiqlashtirilmoqda
- Ijtimoiy ta’tillar kimlarga va qanday taqdim etiladi
- Vaхta usulida ishlovchi ishchilarga me’yordan ortiqcha kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash
- Issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tizimi isloh qilinmoqda
- Homiladorlik va tugʻish ta’tili qanday taqdim etiladi