Prezident tomonidan “Fuqarolarnining davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun imzolandi.
Qonun bilan 2023 yil 1 yanvardan kuchga kiruvchi quyidagi normalar amalga kiritilmoqda:
- I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qoʻshib hisoblanadi;
- I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega boʻlsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanadagi tegishli yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun: mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyalari ish stajidan qat’i nazar, tayinlanadi. Umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik boshlangan paytga qadar quyidagicha ish stajiga ega boʻlgan taqdirda tayinlanadi:
Yosh |
Ish staji |
23 yoshga qadar |
2 |
23 yoshdan 26 yoshga qadar |
3 |
26 yoshdan 31 yoshga qadar |
5 |
31 yoshdan 36 yoshga qadar |
7 |
36 yoshdan 41 yoshga qadar |
9 |
41 yoshdan 46 yoshga qadar |
11 |
46 yoshdan 51 yoshga qadar |
14 |
51 yoshdan 56 yoshga qadar |
17 |
56 yosh va undan oshganda |
20 |
20 yoshga toʻlgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash toʻхtatilganidan keyin nogironligi boʻlgan shaхs deb topilgan fuqarolarga pensiyalar ish stajidan qat’i nazar tayinlanadi.
Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan nogironlik pensiyasidan umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyasiga oʻtkazilganda zarur staj nogironlik dastlab belgilangan vaqtdagi yoshga qarab aniqlanadi.
Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 27.10.2022 yilda e’lon qilindi.
Sobir Nurberdiyev.