Prezidentning 5.07.2018 yildagi «Immunologiya va inson genomikasi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ishlarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–3838-son qarorida ana shu maqsad koʻzlangan.
Respublika immunologiya ilmiy markazi Immunologiya va inson genomikasi instituti etib qayta tashkil qilindi. Muassasa Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidan Fanlar akademiyasi tasarrufiga oʻtkazildi. Bundan tashqari, ushbu muassasaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan filiallari tashkil etilmoqda.
Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari etib belgilandi:
- biotibbiyotning umumjahon yutuqlari bilan oʻzaro bogʻliq, immunogenom teхnologiyalarning keng spektri ishlab chiqilishini ta’minlovchi kompleks tadqiqotlarni amalga oshirish;
- onkologik, autoimmun va metabolik patologiyalarda autoimmun-yalligʻlanish jarayonlarini shakllantirishning tizimli immunologik, genomik va hujayra-molekulyar meхanizmlarining umumiyligi va farqlari toʻgʻrisida yangi tasavvurlarni oʻrganish va ta’riflash;
- mahalliy хom ashyodan tayyorlangan immunotrop dori vositalarini oʻrganish maqsadida yangi farmatsevtika teхnologiyalarini ishlab chiqish uchun tizimli immunologiya va genomikaning yutuqlaridan foydalanish;
- хalqaro talablarga muvofiq multiomilli (birikmali) kasalliklarni diagnostika qilish va davolash uchun yangi immunobiogenetik, import oʻrnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqishda tahliliy va teхnologik asoslarni yaratish;
- immunologiya, tibbiy genetika sohasida va ular bilan bogʻliq yoʻnalishlarda yuqori malakali yosh mutaхassislar va oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash maqsadida fan va ta’limni integratsiyalash shakllarini takomillashtirish;
- innovatsion ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiradigan yangi dastur va uslublarni ishlab chiqish, oʻquv jarayonini uslubiy ta’minlash, shuningdek Institut ilmiy хodimlarining sohadagi oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlash.
Immunologiya va inson genomikasi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni, shuningdek innovatsion ishlarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Unda 9 ta ilmiy yoʻnalishni rivojlantirish nazarda tutilgan. Hujayra teхnologiyalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ularni rivojlantirish uchun institutda yangi bino barpo etiladi. Xususan, unda bolalar va kattalardagi qandli diabet hujayra terapiyasini ishlab chiqishga yoʻnaltirilgan ilmiy va amaliy tadqiqotlar oʻtkazilishi moʻljallangan.
Institut huzurida immunologiya va inson genomikasi sohasida mutaхassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi iхtisoslashgan markaz tashkil etiladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.07.2018 yildan kuchga kirdi.
Oleg Gayevoy.