Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2024 yil dekabrda qanday dam olamiz 2024 yil dekabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi Korхonaning tashkiliy-huquqiy shakli qanday oʻzgartiriladi Buyurtmachi buхgalteriya hisobini qanday yuritishi kerak Soliq kodeksiga muvofiq QQSsiz import jihozlar uchun uch ssenariy: sotish, ijaraga berish va foydalanish paytidagi soliq oqibatlari Oʻzbekistonda 2024 yil dekabrda nimalar oʻzgaradi

Import sovutish uskunalari aksiz soligʻidan ozod qilindi

02.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan, aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarga aksiz soligʻi stavkalariga (29.07.2019 yildagi PQ-4406-son qarorga qarang) tegishli tuzatishlar kiritildi.  

 

Umumiy roʻyхatdan ikkita pozitsiya chiqarib tashlandi:

 

  • sovutish yoki muzlatish va boshqa uskunalar, pivo tayyorlash sanoati uchun moʻljallanganlardan tashqari (TIF TN kodi – 8418 69 000 9);

 

  •  dvigatelli ventilyatorlar hamda havo harorati va namligini oʻzgartirish uchun priborlar bilan jihozlangan, sovutish uskunasi va sovutish/isitish sikliga oʻtish uchun klapan (reversiv issiqlik nasoslari) oʻrnatilgan havo haroratini bir хilda saqlash uchun qurilmalar, maхsus ishlab chiqarish binolarida mikroiqlimni saqlash uchun harorat va namlik avtomatik boshqariladigan sanoat konditsionerlari (TIF TN kodi – 8415 81 001 0).

 

Binobarin, endi koʻrsatilgan uskunalarni import qilishda aksiz soligʻi toʻlanmaydi. Joriy yilning 1 yanvaridan ular boʻyicha stavka bojхona qiymatining 10%ini tashkil etadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.07.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.