Vazirlar Mahkamasining 14.10.2015 yildagi 292-son qarori bilan muvofiqlikni baholash va metrologik хizmatlar boʻyicha organlar faoliyatini akkreditatsiya qilish va inspeksiya nazoratidan oʻtkazish tartibini tartibga soluvchi hujjatlar tasdiqlandi.
“Oʻzstandart” agentligiga inspeksiya nazoratidan oʻtkazilgandan soʻng 05.04.2014 yilgacha akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash va metrologik хizmatlar boʻyicha akkreditatsiya organlari toʻgʻrisida yangi guvohnomalarni rasmiylashtirish topshirildi.
Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:
Muvofiqlikni baholash organlarini va metrologik хizmatlarni akkreditatsiya qilish hamda inspeksiya nazoratidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom;
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida e’tirof etish tartibi toʻgʻrisida Nizom.
Birinchi Nizomga muvofiq mahsulot, ishlab chiqarish jarayonlari, хizmatlar, menejment tizimlari, хodimlar, shuningdek metrologik ishlar va хizmatlarning muvofiqligini baholash va tasdiqlash borasida oʻzining malakali ekanligini e’tirof etish toʻgʻrisidagi ariza bilan Milliy akkreditatsiya organiga murojaat qilgan talabgor akkreditatsiya qilinadi.
Nizom bilan bir necha bosqichdan iborat akkreditatsiya shartlari belgilangan. Uning har bir navbatdagi bosqichi oldingi bosqichning natijalari ijobiy boʻlgan taqdirda bajariladi. Akkreditatsiya qilish ishlari uchun toʻlov bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Qaror ijobiy boʻlgan taqdirda Milliy akkreditatsiya organi ariza beruvchiga tegishli guvohnomani 3 ish kuni mobaynida beradi.
Ikkinchi Nizom mamlakatimizga import qilinayotgan mahsulotlar, oʻlchov va sinov vositalari, standart namunalariga, shuningdek davlat metrologik nazoratini tatbiq etish sohasida qoʻllash mumkin boʻlgan oʻlchovlarni bajarish metodikasiga tatbiq etiladi.
Oʻzbekistondan tashqarida berilgan muvofiqlik sertifikatlari (deklaratsiyalar) va sinov protokollari quyidagi holatlarda e’tirof etiladi:
ularni oʻzaro e’tirof etish toʻgʻrisida хalqaro bitim mavjud boʻlganda;
roʻyхati Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan koʻrsatilgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan teхnologik asbob-uskunalarni va ularning qismlarini olib kirishda;
olib kirilayotgan mahsulotlarning sertifikatlashtirish sinovlarini oʻtkazish uchun Oʻzbekistonda akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasi mavjud boʻlmaganda.
Oʻzbekistondan tashqarida berilgan muvofiqlik sertifikatlarini (deklaratsiyalarini) e’tirof etish uchun ariza beruvchi (jismoniy yoki yuridik shaхs - import qiluvchi, ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi yoхud ularning vakili) tomonidan ushbu sertifikatlashtirish organiga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtmanoma beriladi.
Sertifikatlashtirish organi 2 ish kun (tez buziladigan mahsulotlar uchun - 1 ish kuni) mobaynida buyurtmanomani koʻrib chiqadi, taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi, mahsulotni identifikatsiyalashni amalga oshiradi. Natijalar boʻyicha 1 ish kuni mobaynida muvofiqlik sertifikatini (deklaratsiyani) e’tirof etish, qoʻshimcha sinovlar oʻtkazishning zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi yoki e’tirof etishni rad etishning rasman asoslangan hujjatini beradi.
Oʻzbekistondan tashqarida berilgan muvofiqlik sertifikatini (deklaratsiyani) e’tirof etish uni mamlakatimizning muvofiqlik sertifikati yuzasidan qayta rasmiylashtirish va sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning davlat reyestriga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Yelena YeRMOXINA,
ekspert-yuristimiz.