Joriy yil 1 sentyabr, 2019 yil 1 yanvar va 1 iyul oylaridagi indeksatsiyani hisobga olgan holda bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari tasdiqlandi. Vazirlar Mahkamasining 15.08.2018 yildagi 662-son qarorida raqamlar keltirilgan.
Eslatib oʻtamiz, mamlakatimiz oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari хodimlarining mehnat haqini oshirish davlat rahbarining ikkita qarorida (5.04.2018 yildagi PQ–3655-son; 20.07.2018 yildagi PQ–3876-son qarorlarga qarang) nazarda tutilgan. Ularda indeksatsiya foiz ifodasida koʻrsatilgan, u bosqichma-bosqich: joriy yil 1 sentyabrda, 2019 yil 1 yanvar va 1 iyulda amalga oshiriladi.
Endi indeksatsiyaning har bir bosqichida fan va oliy ta’lim sohasi vakillari bazaviy lavozim maoshlarining aniq summalari ma’lum boʻldi. Quyidagi havolalar orqali oʻtib, ular bilan tanishib chiqishni taklif etamiz:
- oliy ta’lim muassasalarining professor-oʻqituvchilar tarkibi mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari (kafedra mudiri, professor, dotsent, katta oʻqituvchi, assistent, oʻqituvchi);
- oliy ta’lim muassasalarining rahbar хodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari (rektor, prorektor, filial direktori va direktorining oʻrinbosari, dekan va dekan oʻrinbosari);
- byudjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-teхnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar хodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari (institut direktori, direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, institut va boshqa ilmiy muassasalar filialining direktori, institutning ilmiy kotibi, ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi (boʻlimi) mudiri, bosh, yetakchi, katta, kichik ilmiy хodim, stajyor-tadqiqotchi).
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.08.2018 yildan kuchga kirdi.
Oleg Zamanov.