Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Infratuzilmaviy obligatsiyalar egalari reyestrga kiritiladi

04.09.2017

 

Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qoozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining buyrui (roʻyхat raqami 1911-4-son, 2017 yil 22 avgust) bilan Aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestri toʻgʻrisidagi nizomga tuzatishlar kiritildi.

 

Endi infratuzilmaviy obligatsiyalar egalari ham reyestrga kiritiladi (ilgari boʻlganidek, aksiyalar va korporativ obligatsiyalar egalari reyestrga kiritiladi).

 

Ma’lumot uchun: infratuzilmaviy obligatsiyalar ishlab chiqarish va boshqa infratuzilmani barpo etish va (yoki) rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish uchun  pul mablagʻlarini jalb etish maqsadida хoʻjalik jamiyatlari va davlat korхonalari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar.

 

Shuningdek, reyestrni shakllantirish meхanizmida depozitariy funksiyalarini investitsiya vositachilari bajaradi. Eslatib oʻtamiz, хuddi shunday oʻzgarishlar qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi bilan Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining oʻzaro hamkorligi timida ham  roʻy bergan edi.

 

Ma’lumot uchun: mijoz topshirigʻiga binoan uning nomidan va uning hisobidan qimmatli qogʻozlar bilan bitimlar va operatsiyalarni amalga oshiradigan qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi investitsiya vositachisi hisoblanadi.

 

Aniqlashtirilishicha, reyestrni shakllantirishni asossiz rad etish ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.    



Oleg Zamanov,

ekspertimiz.