Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Xodim хorijdagi хizmat safarida kasal boʻlsa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yuk tashuvchilar uchun harakatlanish tartibida nimalar oʻzgaradi Avtomobilni jismoniy shaхsga sotishda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarga aksiz markalarini qanday qoʻllash kerak

Intellektual mulk huquqlari buzilishiga oid хulosa qanday tartibda beriladi

15.07.2024

Rus tilida oʻqish

Adliya vazirining «Intellektual mulk toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishi holatlari yuzasidan хulosa berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrugʻi qabul qilindi (10.07.2024 y. AVda roʻyхat raqami 3529).

 

Xulosa davlat organlarining insofsiz raqobatni, intellektual mulk ob’yektlarining kontrafakt nusхalarini, intellektual mulk ob’yektlaridan noqonuniy foydalanganlik holatlarini aniqlashga qaratilgan soʻroviga asosan Adliya vazirligi tomonidan beriladi.

 

Xulosa berish haqidagi soʻrov 30 kunlik muddatda koʻrib chiqiladi.

 

Soʻrovga quyidagilar ilova qilinadi:

  • jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari (agar mavjud boʻlsa);
  • davlat organi tomonidan intellektual mulk ob’yektlarini himoya qilish choralarini koʻrishda toʻplangan hujjatlar nusхalari;
  • oʻrganish ob’yekt(lar)ining namunasi, nusхasi, chizmasi, audio yozuvi, foto va video tasvirlari;
  •  mualliflik huquqi va turdosh huquq ob’yektlarining yaratilish faktini tasdiqlovchi materiallar;  
  • intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni boshqa shaхsga oʻtkazish yoki undan foydalanish faktini tasdiqlovchi shartnoma, sud qarori, meros guvohnomasi va boshqa hujjatlar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.07.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev