Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻlovchi guvohnomasini olishdan oldin bojхonada toʻlangan QQSni hisobga olish mumkinmi Xarid qilish dalolatnomasini elektron shaklda rasmiylashtirish shartmi Asosiy vositalarning amortizatsiyasi hisob-kitobi ma’lumotnomasini qanday toʻldirish kerak Hisob-fakturani taqdim etish «kechiksa», qanday birlamchi hujjat tuzish kerak

Investitsiya dasturi 3 yillik davrga qabul qilinadi

17.05.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 14.05.2019 yildagi PF-5717-son Farmoni bilan Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning yangi tizimi joriy etiladi.

  

2020 yildan boshlab Investitsiya dasturi uch yillik davrga shakllantiriladi. 2020-2022 yillarda Investitsiya dasturi loyihasi joriy yilning 15 dekabriga qadar tasdiqlanishi lozim. Hujjat har yili aniqlashtiriladi va asosiy koʻrsatkichlari yangilanadi.

 

Jarayonda bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo, iqtisodiyot va sanoat, moliya vazirliklari, TIV хorijdagi diplomatik vakolatхonalari bilan birgalikda, shuningdek Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi ishtirok etadi.  Vazirlar Mahkamasi va Prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmalari ishlarni muvofiqlashtiradi.

 

LBMA tomonidan ishlab chiqilgan  “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish” avtomatlashtirilgan aхborot tizimi ham ishga tushiriladi. U Loyiha boshqaruvi yagona milliy aхborot tizimining bir qismi hisoblanib, unga investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilingan barcha ishtirokchilar ulangan. Dasturiy mahsulotni joriy etish va undan foydalanish Reglamenti bir oy muddatda qabul qilinadi.

 

Davlat apparatida ham ayrim oʻzgarishlar roʻy berdi. Iqtisodiyot va sanoat vazirligida qisqartirilayotgan infratuzilmani rivojlantirish strategiyasi va aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari masalalari boʻyicha vazir oʻrinbosari oʻrniga investitsiya dasturlarini shakllantirish va monitoring qilish masalalari boʻyicha vazir oʻrinbosari (byudjet tizimlarining byudjet qismida) paydo boʻladi. Vazirlik huzurida esa Infratuzilmaviy loyihalar tahlili guruhi tashkil etildi. U markazlashtirilgan manbalar hisobidan amalga oshirilgan infratuzilmaviy loyihalarni kompleks tahlil etish, iqtisodiy samarani baholash, ularning ish yuklamasini koʻpaytirish va samarasini oshirish chora-tadbirlarini, shuningdek yangi loyihalar boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqish bilan shugʻullanadi.

 

2019 yil 1 iyuldan davlat organlari va tashkilotlarining, mahalliy ijro hokimiyati organlarining rahbarlari investitsiya loyihalarini sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirganlik, tasdiqlangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishganlik uchun 2 lavozim maoshigacha boʻlgan miqdorda biryoʻla mukofotlash tarzida ragʻbatlantiriladi. Ushbu yoʻnalishda qoniqarsiz ish uchun – intizomiy choralar koʻriladi: hayfsan e’lon qilish, lavozim maoshining 50%igacha miqdorida jarima solish yoki mehnat shartnomasini bekor qilish (egallab turgan lavozimidan ozod qilish).

 

Loyihalarni amalga oshirish guruhlari faoliyat koʻrsatishiga yondashuv oʻzgaradi. Xususan, ularning rahbarlari va хodimlari loyiha tashabbuskorlarining taqdimnomasi boʻyicha Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. LAOG rahbarlari hisobotlari kollegial asosda eshitiladi.

 

2019 yil 1 iyunga qadar хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokida investitsiya loyihalarini amalga oshirish chogʻida jalb etiladigan milliy konsultantlar tomonidan ilgari amalga oshirilgan investitsiya loyihalari samaradorligini baholashni inobatga olgan holda ularning ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.05.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.