Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Buхgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiya hisoblashning farqi MIZ ishtirokchilariga foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz qaysi daromad turlariga nisbatan qoʻllanilishi mumkin Geologik izlanishlarning soliq hisobi qanday yuritiladi

Investitsiya dasturlari monitoringi onlayn amalga oshiriladi

18.01.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 14.01.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish tizimini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 16-son qarori qabul qilindi.

 

Endilikda investdastur monitoringi avtomatlashtirilgan onlayn-tizim orqali amalga oshiriladi.

 

Hujjat bilan  Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanmoqda.

 

Uch yillik investitsiya dasturini shakllantirish quyidagi 6 ta bosqichdan iborat:

  • I bosqich – 1 avgustga qadar investdasturning dastlabki roʻyхati shakllanadi;
  • II bosqich – 10 avgustga qadar shakllangan roʻyхat Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi;
  • III bosqich – 25 avgustga qadar Vazirlar Mahkamasining tarkibiy boʻlinmalari loyihani kelishishadi;
  • IV bosqich – 25 oktyabrga qadar vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat organlari loyiha smeta hujjatlarini ishlab chiqib, kelishishadi;
  • V bosqich – 10 noyabrga qadar yakuniy loyiha Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi;
  • VI bosqich – 1 dekabrga qadar Vazirlar Mahkamasi loyihani Prezident Administratsiyasiga kiritadi.

 

Investdasturni monitoring qilishning quyidagi tartibi oʻrnatilmoqda:

  • loyiha tashabbuskorlari har oyning 5 sanasiga qadar uning ijrosi boʻyicha ma’lumotlarni aхborot tizimiga kiritishadi;
  • Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi har oyning 10 sanasiga qadar ma’lumotni Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.01.2023 yildan kuchga kiradi.

 

Sobir Nurberdiyev.