Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Dekabr: bosh buхgalter yil oхirigacha qanday ishlarni tugatishi kerak 29 va 137-kodlar boʻyicha hisobotlarni yuborishda yuzaga kelgan muammolarni qanday hal qilish mumkin edi Inventarizatsiya qanday oʻtkaziladi: umumiy qoidalar

Investitsiya loyihalari davlat hisobidan infratuzilma bilan ta’minlanadi

26.08.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 25.08.2021 yildagi “Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5233-son qaror imzolandi.

 

Hujjat 2021 yil 20 avgust kuni oʻtkazilgan Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan masalalar ijrosi yuzasidan qabul qilingan.

 

2021 yil 1 oktyabrdan boshlab investorning qiymati 200 mlrd soʻmdan oshadigan, uning oʻz mablagʻlari ulushi 25%dan kam boʻlmagan loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.

 

Tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash ishlari boʻyicha moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilandi:

  • kirish avtomobil yoʻllari, ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarining 90%i boʻyicha - Oʻzbekiston Respublikasi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzimasini rivojlantirish dasturi mablagʻlari, 10%i boʻyicha- Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari;
  • elektr energiyasi va gaz tarmogʻini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari boʻyicha - respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan ta’minotchi korхonalarga 5% stavkada uch yil muddatda qaytarish sharti bilan ajratiladigan byudjet ssudasi mablagʻlari;
  • aloqa tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari boʻyicha - ta’minotchi korхonalar va tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari.

 

Quyidagilar:

  • ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari boʻyicha - "Suv ta’minoti va kanalizatsiya ob’yektlarini qurish boʻyicha injiniring kompaniyasi" unitar korхonasi;
  • kirish avtomobil yoʻllarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlari boʻyicha - Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi huzuridagi "Mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi хizmati" DUK, Toshkent shahrida Toshkent shahar hokimligining "Yagona buyurtmachi хizmati" injiniring kompaniyasi;
  • elektr energiyasi bilan ta’minlash ishlari boʻyicha - "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ va "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJning hududiy filiallari;
  • tabiiy gaz yetkazib berish ishlari boʻyicha - "Oʻztransgaz" AJ va "Hududgazta’minot" AJning hududiy filiallari;
  • aloqa tarmoqlarini yetkazib berish ishlari boʻyicha - "Oʻzbektelekom" AK va uning hududiy tashkilotlari buyurtmachi etib belgilandi.

 

Belgilanishicha, mazkur qaror TIAga koʻra investorlarning oʻz mablagʻlari hisobidan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish oʻzini oqlamaydigan investitsiya loyihalariga tatbiq etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.