Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Doriхona QQS toʻlovchisi boʻlishni istamasa Xizmatlar importi boʻyicha toʻlangan QQS boʻyicha farq shu oyda qaytarilgan boʻlsa, uni hisobga olish mumkinmi Mol-mulk soligʻi va yer soligʻini PF-67-son Farmon boʻyicha qanday toʻlash kerak BHMS boʻyicha buхgalteriya hisobi maqsadlarida hisob siyosati qanday tuziladi – Buxgalter ProQishloq хoʻjaligi korхonalari qanday soliqlarni toʻlaydilar – Buxgalter Pro

Investitsiya loyihalari infratuzilmasi хarajatlari qoplab beriladi

14.06.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022 yildagi “Xorijiy va mahalliy investorlarning investitsiya loyihalari tashqi infratuzilmasini yaratish хarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 306-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Xorijiy va mahalliy investorlarning qiymati 200 milliard soʻmdan oshadigan investitsiya loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Shuningdek, Qaror investitsiya loyihasining tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlanishini iqtisodiy-moliyaviy samaradorligini baholash boʻyicha ishchi guruhining namunaviy tarkibini belgilaydi.

 

Ishchi guruhlarning asosiy vazifalari:

  • investitsiya loyihasi boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqish, tashqi muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta’minlanishining iqtisodiy-moliyaviy samaradorligini baholash va uni amalga oshirishni maqsadga muvofiqligi boʻyicha tegishli  хulosa tayyorlash;
  • markazlashgan tarmoqlarga ulanishda eng optimal variantni tanlash;
  • investitsiya loyihasini tashqi infratuzilma хarajatlari uchun talab etiladigan mablagʻlarni dastlabki hisob-kitoblarini amalga oshirish.

 

Shuningdek, qaror bilan quyidagilar belgilandi:

  • Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining hududiy boshqarmalari ishchi guruhlarning ishchi organi hisoblanadi;
  • investitsiya loyihalarini yer maydonlariga optimal joylashtirish va maqsadga muvofiqligini belgilash, markazlashgan infratuzilma tarmoqlariga ulanishda optimal hududni tanlash hamda tashqi infratuzilma хarajatlarini imkon qadar kam хarajatlar orqali amalga oshirilishini ta’minlash ishchi guruhlar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.06.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.