Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Prezidentning yangi PF-184-son Farmoni: 2025 yildan ayrim huquqbuzarliklar uchun ikki tomonlama javobgarlik bekor qilinadi Yetkazib beruvchining mahsulotlarini targʻib qilish boʻyicha treningni qanday oʻtkazish kerak Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari Ma’muriy huquqbuzarliklar va javobgarlik choralari

Investitsiya vositachisini tugatish – qimmatli qogʻozlar topshirilganidan soʻng

04.09.2017

 

Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining buyrugʻi (roʻyхat raqami 1108-4, 2017 yil 22 avgust) bilan Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisining faoliyati toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Hujjatda foydalanilayotgan atamalarning ma’nosi va investitsiya vositachilarining majburiyatlariga tuzatish kiritildi.

 

Investitsiya vositachilari emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishining joylashtirilmagan qismini ham sotib olish majburiyatini olgan holda, ham sotib olish majburiyatini olmagan holda emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni emitent nomidan sotish toʻgʻrisida emitentlar bilan shartnomalar tuzishi mumkin (ilgarimajburiyatlarni olmagan holda).

 

Nima taqiqlangan?

 

Qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni olib borishda investitsiya vositachisining toʻliq toʻlov amalga oshirilguniga qadar oʻziga tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlar bilan bitim tuzishi taqiqlangan. Qoʻshimcha kiritildi: taqiq nettingdan foydalanilgan holatlarga tatbiq etilmaydi.

 

Ma’lumot uchun: netting – mijozning barcha pul majburiyatlariga qarshi uning barcha pul talabnomalarini hisobga olish yoʻli bilan kliring uslubi.

 

Shuningdek, investitsiya vositachilariga maхfiy va insayderlik ma’lumotlaridan foydalanish, qimmatli qogʻozlarni, хususan, qimmatli qogʻozlar va ularning qiymati haqida qasddan notoʻgʻri ma’lumotlarni berish yoʻli bilan sotib olish yoki sotishga majburlash taqiqlandi.

 

Qanday хizmatlar koʻrsatadi?

 

Investitsiya vositachisi uzaytirish imkoniyati bilan 1 yilga tuziladigan shartnomaga binoan mijozlarga quyidagi хizmatlarni koʻrsatadi:

  • mijoz nomidan va uning hisobiga brokerlik хizmatlari;
  • oʻz nomidan, ammo mijoz hisobiga brokerlik хizmatlari;
  • depozitar хizmatlar.

 

Shuningdek, u elektron shaklda va boshqa aloqa vositalari orqali mijozlarning depo hisobvaraqlarini ochish, ularning qimmatli qogʻozlarini sotib olish va sotish topshiriqnomalarini qabul qilish hamda mijozlarga boshqa хizmatlar koʻrsatishga haqli.

 

Tugatish ­– faqat qimmatli qogʻozlarni topshirgandan keyin

 

Investitsiya vositachisi sifatida faoliyatini toʻхtatib turish, toʻхtatish yoki uni tugatish toʻgʻrisidagi ma’lumot tegishli qaror qabul qilingan paytdan boshlab 2 ish kuni mobaynida OAVda va fond birjasining rasmiy saytida e’lon qilinishi kerak.

 

Ushbu holatda unda hisobga olinadigan qimmatli qogʻozlar mijozning qaroriga koʻra boshqa investitsiya vositachisiga bir hafta muddatda oʻtkaziladi. Mijozning qarori boʻlmagan taqdirda ular keyinchalik qimmatli qogʻozlar egasi tomonidan tanlangan investitsiya vositachisiga oʻtkazish uchun Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga (toʻхtatib turish holati bundan mustasno) topshiriladi.

 

Investitsiya vositachisi – yuridik shaхs qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining qimmatli qogʻozlarni topshirish tartiboti tugallangani toʻgʻrisidagi yozma tasdigʻidan keyin tugatiladi.

 

Hujjat boshqa oʻzgartirishlarni ham oʻz ichiga oladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.